BRIKS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi BRIKS sammitida ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini qutlash marosimida qatnashdi.
"Kazan Ekspo" xalqaro ko‘rgazmalar markazida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.
Marosimda bir qator mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Tadbirdan so‘ng tantanali qabul marosimi o‘tkazildi.
Ertaga, 24-oktabr kuni O‘zbekiston yetakchisi "BRIKS plyus" formatidagi sammitning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.