Tailandga kirish talablari
Tailandga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun:
- mamlakatga kirish tartibi,
- olib kirish / chiqish ta’qiqlangan va cheklangan buyumlar haqida ma’lumot
Tailand 2024-yil 15-iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi.
Ushbu yangi tartib O‘zbekiston fuqarolariga Tailandda 60 kungacha vizasiz qolish imkonini beradi. Vizasiz kirish barcha chegara o'tish joylarida amal qiladi.
Sayohatingiz maroqli oʻtishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi Oʻzbekistonlik tashrif buyuruvchilarga quyidagilarga ega boʻlishni tavsiya etadi:
- Mehmonxonani band qilinganligi tafsilotlari (Hotel booking)
- Qaytish avia chiptasi
- Sayohat sug'urtasi
*Ushbu tashabbus Tailand hukumati tomonidan bir tomonlama joriy qilingan va kelgusida o'zgartirish kiritilishi mumkin.
Barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilingan.
Tailandga bojxona to‘lovisiz, bepul olib kirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:
1. Shaxsiy foydalanish uchun buyumlar (o‘rtacha miqdorda, ya’ni partiyalarda sotish imkoniyatisiz).
2. Bir kishi uchun 1 litrgacha spirtli ichimliklar.
3. Tamaki mahsulotlari - umumiy og‘irligi 250 g gacha bo‘lgan sigaretalar (sigaretalar soni - 200 donagacha, ya’ni 1 blok).
4. 1 ta kamera yoki videokamera.
5. 8 yoki 16 mm bo‘lgan videokamera uchun 5 dona plyonka yoki 3 ta kasseta.
6. Uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika (agar tovar egasi yashash joyini o‘zgartirgan bo‘lsa) Tailandga o‘rtacha miqdorda bojsiz olib kirish mumkin.
7. Deklaratsiyasiz 20000 AQSH dollar ekvivalentdagi valyuta.
Tailandga olib kirish taqiqlangan tovarlar:
- elektron sigaretalar va ularning analoglarini olib kirish, ishlatish, saqlash va tashish. 30000 AQSH dollargacha jarima va/yoki 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
- narkotik moddalar;
- pornografik materiallar;
- savdo belgilariga oid qalbaki tovarlar va intellektual mulk huquqlarini buzuvchi tovarlar (litsenziyasiz video va audio materiallar);
- soxta banknotalar yoki tangalar;
- himoya qilinadigan hayvonlar yoki “Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya” (CITES) ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi tabiat hayvonlari. Amerika Staffordshire Terrier va Pit Bull Terrier zotdor itlari Tailandga olib kirish ta’qiqlangan.
Tailanddan olib chiqish ta’qiqlangan tovarlar:
- qayta ishlanmagan marjonlar (faqat suvenir yoki zargarlik buyumlari shaklida olib chiqishga ruxsat etiladi);
- fil suyagidan, shuningdek muhofaza qilinadigan hayvonlarning terisi va suyaklaridan yasalgan buyumlar;
- Budda va Bodhisattva tasvirlari (balandligi 13 sm gacha bo‘lgan medalyonlar va haykalchalar bundan mustasno), shuningdek, ularning parchalari, xayr-ehson qutilari;
- narkotik moddalar;
- pornografik materiallar;
- qalbaki pullar;
- butun durian mevasi (to‘g‘ralgan va qadoqlangan yoki quritilgan shaklda olib chiqishga ruxsat etilgan);
- tuproq va qum (shu jumladan, idishdagi o‘simliklar);
- tulum va qayta ishlangan timsoh terisi (tayyor mahsulot ko‘rinishida - ruxsat etilgan);
- tirik toshbaqalar, toshbaqa qobig‘i mahsulotlari;
- qayta ishlanmagan marjonlar, qayta ishlanmagan va / yoki xalqa (oprava) o‘rnatilmagan qimmatbaho toshlar;
- oltin quyma;
- platina zargarlik buyumlari;
- litsenziyasiz san’at asarlari va qadimiy buyumlar;
- pochta markalari.
Cheklangan tovarlar - importi va eksporti, hamda o‘rtacha me’yordan ortiq olib o‘tilishi cheklangan tovarlar bo‘lib, ularni chegaradan olib o‘tish uchun tegishli davlat organlaridan ruxsat olish talab etiladi.
Cheklangan tovarlar va Tailand vakolatli idoralar ro‘yxati:
1. Budda tasviri, diniy yoki qadimiy san’at, antiqa buyumlar – Amaliy san’at departamenti (Fine Arts Department, http://nsw.finearts.go.th).
2. Qurollar, o‘qlar, portlovchi moddalar va qurilmalar – Ichki ishlar vazirligi (Department of Provincial Administration, Ministry of Interior, www.dopa.go.th)
3. O‘simliklar, ko‘chatlar va ularning qismlari – Qishloq xo‘jaligi departamenti (Department of Agriculture, www.doa.go.th).
4. Tirik hayvonlar, shu jumladan uy hayvonlari, chorvachilik mahsulotlari - Chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi (Department of Livestock Development, www.dld.go.th).
5. Oziq-ovqat, dori-darmon, kosmetika mahsulotlari va oziq-ovqat qo‘shimchalari - Oziq-ovqat va dori vositalari idorasi (Food and Drug Administration (FDA), www.fda.moph.go.th).
6. Avtomobil qismlari – Sanoat vazirligi (Ministry of Industry, www.industry.go.th).
7. Sigaret, jumladan elektron sigaretalar, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar - Aksiz departamenti (Excise Department, www.excise.go.th).
8. Aloqa radio qurilmalari va telekommunikatsiya uskunalari - Teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar milliy komissiyasi idorasi (Office of The National Broadcasting and Telecommunications Commission, www.nbtc.go.th).
9. Tailandda sotib olingan zargarlik buyumlari, taqinchoqlar, quyma va qimmatbaho toshlarni olib chiqish uchun ularni sotib olgan do‘kondan tegishli sertifikat olish talab etiladi.
Shuningdek, yuqori jarima va uzoq muddatli qamoq jazosiga tortilmaslik uchun Tailand chegarasi orqali biror narsani olib oʻtish haqida o‘zga shaxslarning iltimosiga rozilik bermaslik qat’iy tavsiya etiladi!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
- Tailand Bojxona departamenti. Bojxona tezkor aloqa ma’lumotlari 1164 yoki +6626677880, +6626677881, +6626677882, +6626677883, +6626677884;
- Suvarnabhumi aeroporti yo‘lovchilarni nazorat qilish bojxona boshqarmasi +6621340400, 67000000@customs.go.th;
- Tailand Qirolligining Moskva shahridagi Elchixonasi;
- Tailand Turizm ma’muriyati (Tailand Tourism Authority).
O‘zbekiston Respublikasining Tailand Qirolligi (Bangkok shahri)dagi Bosh konsulxonasi:
Tel.: +6626753995, +6626753996.
Veb-sayt: http://bangkok.mfa.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/uzconbangkok/.
Instagram: https://www.instagram.com/uzconbangkok/.
Twitter: https://twitter.com/uzconbangkok.