Umumiy talablar
CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI BO'LMAGAN SHAXSLARNING O'ZBEKISTONGA KIRISH, O'ZBEKISTONDA BO’LISH VA O'ZBEKISTONDAN CHIQISHLARI HAQIDA MA'LUMOT VA TARTIBLAR
1. 90 mamlakat fuqarolari O'zbekistonga 30 kun davomida vizasiz kirish huquqiga ega (davlatlarning ro’yxati shu yerda).
Tashrif maqsadidan qat'i nazar 30 kungacha vizasiz tartib O'zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan barcha turdagi pasport egalariga (fuqarolik, diplomatik, rasmiy, Yevropa Ittifoqi pasportlari va mazkur mamlakatlarda tan olingan pasport darajasidagi sayohat hujjatlari) uchun amal qiladi.
Vizasiz tartib ushbu davlatlar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ta’luqli emas.
30 kunlik vizasiz tartib O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o'tish paytidan boshlab amal qila boshlaydi va uning muddati tugagan, ya'ni 30 kundan so'ng chet el fuqarosi O'zbekistonni tark etishi kerak. 30 kunlik vizasiz bo'lish muddatidan oshib ketish - chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzishi va ma'muriy javobgarlikka tortilishiga olib keladi.
Agar xorijiy fuqaroda O'zbekistonda 30 kundan ortiq bo'lish zarurati yuzaga kelsa, u o'z safari maqsadiga muvofiq tegishli kirish vizasini olishi lozim.
Shuningdek, Qirg'iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog'iston, Moldova, Rossiya va Ukraina davlatlari bilan O'zbekiston o’rtasida ikki tomonlama vizasiz tartibi o'rnatilgan.
2020-yil 1-yanvardan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarining rezident maqomiga ega bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi joriy etildi (xorijiy fuqarolar O‘zbekistonga kirish vaqtida amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan BAA resident vizasining asl nusxasini taqim qilishlari lozim).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24 dekabrdagi PF-5896-sonli Farmoniga binoan, 2020-yil 1-yanvardan boshlab QIZIL RANGLI BMT BIOMETRIK PASPORTI - LAISSEZ-PASSERga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar uchun O'zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etildi.
Qizil rangli BMT Laissez-Passerga egalari O'zbekistonga kirish/chiqish chog‘ida o'zlarining milliy pasportini taqdim qilishlari lozim va milliy pasportning muddati Layssez-Passerning muddatidan kam bo'lmasligi kerak.
2. 16 YOSHGACHA BO'LGAN XORIJIY FUQAROLAR UCHUN VIZASIZ SAYOHAT.
16 yoshgacha bo'lgan xorijiy fuqarolar ularning qonuniy vasiylari hamrohligida O’zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega. Ular xalqaro pasport yoki biometrik hujjatini taqdim etishlari lozim. Ular O'zbekistonda 90 kundan ortiq bo'lmagan muddatda bo’lishlari mumkin. Chet el fuqarosi 16 yoshga to'lganida, unga O'zbekistondan chiqish vizasi migratsiya va ro'yxatga olish idoralari tomonidan beriladi.
3. TRANZIT YO'LOVCHILAR UCHUN VIZASIZ TARTIB.
48 mamlakat fuqarolari (davlatlar ro’yxati shu yerda) O'zbekistonning xalqaro aeroportlari orqali 5 kunlik vizasiz tranzit kirib-chiqish ququqiga ega. Buning uchun yo'lovchilar uchinchi davlatga aviachiptalarni taqdim qilishlari lozim va yo’lovchini tashuvchi aviakompaniya vizasiz tranzit yo'lovchilar haqidagi ma'lumotni O'zbekistonning chegara xizmatlarini berishlari shart.
DIQQAT: Amaliyot shuni ko'rsatadiki, "O'zbekiston havo yo'llari" bundan mustasno, deyarli barcha boshqa aviakompaniyalar vizasiz tranzit yo'lovchilar haqidagi ma'lumotni O'zbekistonning chegara xizmatlarini taqdim qilmaydi. Bunday hollarda, yo'lovchilar deportatsiya qilinadi yoki boshqa yo'nalish bo'ylab chiptalarni sotib olishga majbur. Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun tranzit vizasiz kirish huquqiga ega bo'lgan xorijiy fuqarolar O'zbekiston Respublikasi chegara xizmatilarini xabardor qilish imkoniyatiga ega bo’lgan aviakompaniayni tanlashi lozim. Aviakompaniay tomonidan bunday xizmat ko’rsatilmasa, xorijiy fuqarolarga elektron vizani olish tavsiya etiladi.
4. E-VISA. 57 mamlakat fuqarolari O’zbekistonga kirish uchun electron viza olish huquqiga ega (davlatlar ro’yxati shu yerda, ilova 1).
E-VISA (E-VISA) OLISh TARTIBI:
- O'zbekiston Respublikasida kirish uchun elektron vizasi xorijiy fuqarolarga www.e-visa.gov.uz tizimi orqali beriladi;
- e-viza chet el fuqarosiga O'zbekiston Respublikasida 30 kungacha bir martalik, yoki ikki va ko'p martalik kirib-chiqish huquqini beradi;
- berilgan elektron vizalar rasmiylashtirilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi. Xorijiy fuqaroning O'zbekiston Respublikasi hududiga kirishi vaqtida vizaning amal qilish muddati 30 kundan kam bo'lsa, xorijiy fuqaroning O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish muddati elektron vizaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak;
- e-vizani olish uchun siz O'zbekistonga borishni rejalashtirilgan sanadan kamida uch ish kuni oldin arizani topshirishingiz kerak. Elektron viza arizani topshirgan kundan tashqari ikki ish kuni ichida beriladi;
- rasmiylashtirilgan elektron viza arizachining elektron pochta manziliga yuboriladi;
- E-viza to'lovi xalqaro to'lov tizimlari orqali onlayn rejimida amalga oshirilishi mumkin. Elektron vizani berish rad etilgan taqdirda viza to'lovi qaytarilmaydi;
- elektron viza pasportga yopishtirilmaydi. Chet el fuqarosi pasport nazoratidan o’tish punktida printerdan chiqarilgan vizani taqdim etishi shart.
Shuni ta'kidlash joizki, elektron viza faqat xorijiy davlatlar fuqarolariga beriladi va ushbu mamlakatlar hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga berilmaydi.
E-viza uchun to'lov summasi tartibi:
- ikki marta e-visa, konsullik yig'imi – 20 AQSh dollari;
- ikki marta e-visa, konsullik yig'imi – 35 AQSh dollari;
- ko'p martalik, konsullik yig'imi - 50 AQSh dollari.
5. 111 DAVLAT FUQAROLIKLARI KO'CHMAS MULKNI SOTIB OLISH SHARTI BILAN O'ZBEKISTONDA YASHASH UCHUN RUXSATNOMA OLISH HUQUQIGA EGA (davlatlar ro’yxati shu yerda).
Toshkent viloyati va Toshkent shaxrida - kamida 400 ming AQSh dollaridan kam bo'lmagan miqdorda*;
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida - 200 ming AQSh dollaridan kam bo'lmagan miqdorda*;
Qoraqalpog'iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda - kamida 100 ming AQSH dollaridan kam bo'lmagan miqdorda*.
*O‘zbekiston Markaziy banki belgilagan valyuta kursiga qarab, miqdor o‘zgarishi mumkin.
6. DIPLOMATIK VA RASMIY VIZALAR. 1-5 BANDLARDA KO'RSATILGAN RO'YXATLARGA KIRMAGAN BOSHQA MAMLAKATLARNING FUQAROLARI UCHUN VIZA OLISH TARTIBI. Diplomatik, rasmiy va BMT pasportlari (UNLP) egalari, shuningdek yuqorida 1-5 bandlarda sanab o'tilgan ro'yxatlarga kiritilmagan boshqa mamlakatlar fuqarolari O'zbekistonga kirishlari uchun O'zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tasdiqnomasi asosida viza olishlari lozim.
Viza so’rovnomasi taklif qiluvchi tashkilot, kompaniya va O'zbekistondagi doimiy yoki vaqtinchalik istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining teleks-tasdiqnomasi asosida O'zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida vizalar olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- to'ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi (evisa.mfa.uz saytida to'ldiriladi, anketa to'ldirish jarayonida pasport nusxasi va shaxs fotosurati kiritilishi majburiy);
- pasportning asl nusxasi (pasport yaxshi holatda - buzilmagan yoki zarar ko'rmagan, viza uchun kamida bitta bo'sh sahifa bo'lishi kerak, uning muddati O'zbekiston hududiga kirgan sanadan kamida uch oydan kam bo’lmasligi lozim);
- konsullik yig'imi (bank orqali to'lov);
- egasi tomonidan oldindan to'langan va unga qaytariladigan konvert (agar kuryer orqali jo'natilsa).
Diplomatik pasport egalari, shuningdek BMT pasportlari (UNLP) konsullik va boshqa to'lovlardan ozod qilinadi.
7. INVESTITSIYA VIZALARI.
2019-yil 1-martdan boshlab O'zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (ta’sischilar) va ularning oila a'zolari uchun O'zbekistondan chiqmagan holda muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 3 yil muddatga maxsus "Investitsiya vizasi" joriy etiladi;
O'zbekiston Respublikasi hududida kamida 3 million AQSh dollari miqdorida tovarlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalarni tashkil etishga investitsiya qilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ta'sischilari (ishtirokchilari) O'zbekiston Respublikasida soddalashtirilgan tarzda 10 yil muddatga yashash uchun ruxsatnoma oladi.
O'zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega bo'lgan yoki "investitsiya vizasi"ni olgan xorijiy sarmoyadorlar, shuningdek ularning oila a'zolari O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun taqdim etilgan sharoitlarda tibbiy va ta’lim xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.
8. BIZNES VISA.
Xorijiy fuqarolar uchun biznes vizalarni rasmiylashtirish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro'yxati:
- to'ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi (evisa.mfa.uz saytida to'ldiriladi, anketa to'ldirish jarayonida pasport nusxasi va shaxs fotosurati kiritilishi majburiy);
- pasportning asl nusxasi (pasport yaxshi holatda - buzilmagan yoki zarar ko'rmagan, viza uchun kamida bitta bo'sh sahifa bo'lishi kerak, uning muddati O'zbekiston hududiga kirgan sanadan kamida uch oydan kam bo’lmasligi lozim);
- konsullik yig'imi;
- egasi tomonidan oldindan to'langan va unga qaytariladigan konvert (agar kuryer orqali jo'natilsa).
9. MEHMON VISA.
O'zbekiston hududida taklif etuvchi shaxs chet el fuqarosini O'zbekistonga taklif qilish uchun:
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mahalliy bo'linmasiga murojaat qiladi;
- Bu idoradan taklifnomani oladi;
- ushbu taklifnomani O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga taqdim qiladi;
- Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan tegishli tasdiq-teleks O'zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasiga yuboradi;
- Taklif qiluvchi shaxs xorijiy fuqaroga teleks raqami haqida ma'lumot beradi va uning asosida chet ellik fuqaro Bosh konsulxonaga viza olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- to'ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi (evisa.mfa.uz saytida to'ldiriladi, anketa to'ldirish jarayonida pasport nusxasi va shaxs fotosurati kiritilishi majburiy);
- konsullik yig'imi;
- egasi tomonidan oldindan to'langan va unga qaytariladigan konvert (agar kuryer orqali jo'natilsa).
10. TRANSIT VISA.
Chet el fuqarosi tranzit vizasini olish uchun quyidagi hujjatlarni Bosh konsulxonaga taqdim etadi:
- to'ldirilgan va imzolangan viza so’rovnomasi (evisa.mfa.uz saytida to'ldiriladi, anketa to'ldirish jarayonida pasport nusxasi va shaxs fotosurati kiritilishi majburiy);
- O'zbekistondan chiqish sanasi tasdiqlangan chiptaning nusxasi;
- boradigan mamlakatning kirish vizasidan nusxa;
- konsullik yig'imi;
- egasi tomonidan oldindan to'langan va unga qaytariladigan konvert (agar kuryer orqali jo'natilsa).
Tranzit vizasining amal qilish muddati berilgan sanadan boshlab uch oyga, kirishlar soni bir yoki ikki marta, har bir kirib-chiqsh 72 soatgacha bo'lgan muddat.
11. O'ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURADIGAN XORIJIY FUQAROLARNING QUYIDAGI AYRIM GURUHLARI UCHUN KIRISH VIZALARINING YANGI TOIFALARINI (ELEKTRON BO'LMAGAN, YILIMLANADIGAN) KIRITISH MASALASI KO'RIB CHIQILMOQDA: "VATANDOSH"; "TALABA VIZASI" "AKADEMIK VIZA"; "TIBBIY VIZA"; “PILIGRIM VIZASI”.
"VATANDOSH" - O'zbekistonda tug’ilgan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun O'zbekiston fuqarosi bo'lgan va uning hududida doimiy yashovchi qarindoshlarining taklifnomasi asosida beriladigan IKKI yillik viza;
"STUDENT VISA" - O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalari, rasarrufida ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning iltimosnomasiga ko’ra O'zbekiston hududida joylashgan ta’lim muassasalariga qabul qilingan xorijiy talabalarga beriladigan BIR yillik viza;
"AKADEMIK VISA" - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston Respublikasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, vazirlik yoki idoralar iltimosnomasiga ko’ra O'zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatni amalga oshirishni istagan xorijiy shaxslar uchun 3 OYDAN 2 YILGACHA bo'lgan muddatga beriladigan viza;
"MEDICAL VISA" - tibbiy muassasaning taklifiga binoan davolanish uchun O'zbekiston Respublikasiga kiruvchi xorijiy fuqarolar uchun 3 OYGACHA bo'lgan muddatga beriladigan viza;
"PILIGRIM VISA" - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va sayyohlik faoliyati sub'ektlarining arizasiga ko'ra O'zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy merosi va an'analarini o'rganish maqasadida kiruvchi xorijiy fuqarolarga
2 OYGACHA bo'lgan muddatga beriladigan ziyorat vizasi.
12. XORIJIY FUQAROLARNI O'ZBEKISTON HUDUDIDA RO’XATGA QO’YISH TARTIBI.
Vaqtinchalik yashashga kelgan xorijiy fuqarolar (shu jumladan vizasiz tartib va elektron vizalar asosida O'zbekistonga kirgan fuqarolar) O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralarida yoki yashash joylari va kasalxonalarda vaqtinchalik ro'yxatga olinishlari lozim.
Milliy bayram va dam olish kunlaridan tashqari 3 ish kunida vaqtinchalik ro'yxatga olinadi.
2018-yil 15-iyuldan O'zbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Emehmon tizimi (www.emehmon.uz ) orqali masofadan ro'yxatga olish joriy etilgan.
Chet ellik sayyohlar xorijiy fuqarolari uchun yopiq bo'lgan joylar va ob'ektlardan tashqari bo’lgan O'zbekiston hududida harakat qilish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalarini buzish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilishga sabab bo'ladi.
13. HUJJATLARNI POCHTA XIZMATLARI ORQALI YUBORISH TARTIBI.
Hujjatlar pochta orqali yuborilgan holda Bosh konsulxona tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni arizachiga qaytarish uchun qabul qiluvchi (Recipient)ning familyasi, ismi, manzili, telefon raqami ko’rsatilgan va oldindan puli to’langan bar kodli etiket - Shipping Label va marka yopishtirilgan convert yuborishingizni so’raymiz.
Ba’zi pochta xizmatlarining etiket (Shipping Label)ning amal qilish muddati 3 oydan so’ng tugashi va Bosh konsulxona tomonidan rasmiylashtiriladigan ba’zi hujjatlar (hujjatlarni O’zbekistondan talab qilib olish, passport)ning muddati 3 oydan oshib ketishini ham inobatga olishingizni so’raymiz. Bunday hollarda hujjatlarni yuborish masalasini pochta xizmati va Bosh konsulxona bilan oldindan kelishib olishingizni so’raymiz.
Bosh konsulxona pochta orqali yuborilgan hujjatlarning yo'qolganligi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Bosh konsulxona manzili: 83/4, Soi Vithayu 1, Wireless Road, Lumpini, Pathumwan District, Bangkok 10330, Thailand.
14. MUHIM ESLATMALAR.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida O'zbekiston fuqaroligidan chiqmagan yoki fuqarolikni yo'qotmagan fuqarolar va ularning farzandlari xorijiy fuqaro pasporti asosida O'zbekistonga borish huquqiga ega emas. Ular O'zbekistonga muddati o’tmagan biometrik yoki biometrik bo’lmagan passport, agar pasportning muddati o’tgan bo’lsa, Bosh konsulxona tomonidan berilgan O'zbekistonga qaytish guvohnomasi asosida O'zbekistonga tashrif buyurishlari kerak. Agar pasport muddati 6 oydan o’tmagan bo’lsa, O'zbekiston fuqarolari «Uzbekistan Airways» AJ xizmatlaridan foydalangan taqdirda ushbu pasport asosida O'zbekistonga borishlari mumkin.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda O'zbekistonga kirishga ta’qiq qo’yilgan bo’lsa, uning O'zbekistonga kirishiga ruxsat berilmaydi.
Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda O'zbekistonga kirishga ta’qiq qo’yilgan bo’lsa, unga O'zbekistonga kirish vizasi berilmaydi.
15. BOSH KONSULXONADA VIZA OLISH UCHUN VIZA-SO’ROVNOMASI. (ELEKTRON BO’LMAGAN VA XORIJIY FUQARONING PASPORTIGA YOPISHTIRILADIGAN VIZA).
Bosh konsulxonada viza (elektron bo’lmagan va xorijiy fuqaroning pasportiga yopishtiriladigan) olish uchun ushbu evisa.mfa.uz sayt orqali VIZA-SO’ROVNOMASI to’ldiriladi.