Bosh konsul
FAXRIDDIN SULTANOV
O'zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsuli,
BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) doimiy vakili
Tug’ilgan sana: 29 avgust 1983y.
Tug’ilgan joy: Toshkent viloyati, O‘zbekiston
Ma’lumoti:
2004y. Toshkent Davlat aviatsiya instituti, (Xalqaro iqtisodiyot)
2006y. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti.
Mehnat faoliyati:
2001-2002 yy. – “Inter Cargo Service” qo‘shma korxonasining Kompyuter texnologiyalarini joriy etish bo‘limi mutaxassisi.
2002-2005 yy. – O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi davlat unitar korxonasining xalqaro havo qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha agenti.
2005-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi direksiyasi Tijorat boshqarmasining Havo transportini bron qilish va sotishni nazorat qilish bo‘limi muhandisi.
2007-2014 yy. – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Tailanddagi vakili yordamchisi (Bangkok).
2017-2021 – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Tailanddagi (Bangkok) vakili.
2021-yilning oktabr – h.v.q. O‘zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsuli, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) doimiy vakili
Ingliz va rus tillarini biladi.
Oilali, ikki nafar farzandi bor.