24–25-iyul kunlari Samarqand Birodar shaharlar xalqaro forumi ishtirokchilarini qabul qiladi

2026-yil 24–25-iyul kunlari Samarqand shahrida Birodar shaharlar xalqaro forumi boʻlib oʻtadi.
Forum Oʻzbekistonning xalqaro hamkorligini yanada kengaytirish, shaharlar oʻrtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlash va xalq diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro muloqot maydoniga aylanadi.
Forum doirasida:
- Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar shaharlarining oʻzaro hamkorligini rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman;
- Sohalar kesimida panel sessiyalar va davra suhbatlari;
- Birodar shaharlar oʻrtasida hamkorlik memorandumlari va bitimlarini imzolash marosimlari;
- Xalq diplomatiyasi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan taqdimotlar;
- Xorijiy delegatsiyalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar;
- Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari boʻylab tanishuv sayohatlari;
- Oʻzbekiston hududlarining investitsiyaviy, turistik va madaniy salohiyatini namoyish etuvchi koʻrgazmalar oʻtkaziladi.
Tashkilotchilarning fikricha, Birodar shaharlar xalqaro forumi sheriklikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda turli mamlakatlar shaharlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platformaga aylanadi.
“Dunyo” AA