Umumiy genetik kod: Markaziy va Janubiy Osiyo madaniy-sivilizatsion merosining tiklanishi

Markaziy va Janubiy Osiyo uzoq tarix davomida madaniy va sivilizatsiyaviy aloqalarning keng maydoni boʻlib kelgan.
Ikki mintaqa xalqlari koʻp marta yagona davlat tuzilmalari, yagona siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar doirada birlashgan. Aynan shu hududlar orqali Yaqin Sharq, Yevropa, Hindiston va Xitoyni bogʻlovchi eng muhim yoʻllar oʻtgan. Yaqin aloqalar tufayli ilmiy bilimlar va falsafiy gʻoyalar, tibbiyot, astronomiya, matematika, meʼmorchilik, diplomatiya va davlat boshqaruvi tizimidagi yutuqlar tarqalgan.
Hozirgi global notinchlik va oʻzaro ishonchsizlik davrida Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi chuqur tarixiy-sivilizatsion umumiy jihatlarni tushunish alohida ahamiyat kasb etadi.
Aynan shu savollar Termiz muloqotining kun tartibiga kiritilgan boʻlib, u koʻp tomonlama inklyuziv maydon sifatida mintaqaviy muammolarni konstruktiv dialog va birgalikda yechim topish uchun sharoit yaratishga qaratilgan.
Bunda firimiz faqat oʻtmishdagi savdo aloqalari yoki siyosiy aloqalarni retrospektiv tahlil qilish haqida emas. Zamonaviy populyatsion genetika maʼlumotlari makroregion aholisining barqaror, koʻp asrlik antropologik oʻzaro bogʻliqligining mavjudligini tasdiqlaydi.
Keng koʻlamli paleogenetik tadqiqotlar natijalari, jumladan, hind sivilizatsiyasi vakillarining qadimgi DNK (a-DNK) ketma-ketligini aniqlash, arxeologik va lingvistik tekshirishlar bilan birgalikda, ming yillar davomida migratsiya oqimlari yoʻnalishlarini va genofond oʻzgarishini qayta tiklash imkonini beradi.
Janubiy Oʻzbekiston va Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasining (VMAC) qadimgi aholisini oʻrganish mahalliy populyatsiyalarning genetik vorisiyligini va ularning Eron platosi, Shimoli-Gʻarbiy Hindiston va Hind havzasidagi qadimiy jamoalar bilan yaqin aloqalarini koʻrsatadi.
Soʻnggi bronza va ilk temir davridagi ushbu jarayonlarning oʻziga xosligi shuni koʻrsatadiki, hozirgi Oʻzbekistonning janubiy hududlari doimiy demografik va madaniy almashuv makoni sifatida faoliyat yuritgan. Oʻzbekistonning zamonaviy janubi hududlari odamlar, texnologiyalar va madaniy amaliyotlarning jadal almashinuvi yagona makonining bir qismi boʻlgan. Bu omil Markaziy va Janubiy Osiyodagi antropologik, til va diniy jarayonlarning yaqinligini, shu bilan birga, ularning avtoxton oʻziga xosligini yoʻqotmasligini taʼminladi.
Gap genetik bir-xillik haqida emas, balki Markaziy va Janubiy Osiyoda antropologik, lingvistik, madaniy va diniy jarayonlarning yaqinligini shakllantirgan koʻp asrlik demografik oʻzaro taʼsir tizimi haqida bormoqda. Bularning barchasi ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik jarayonlarini chuqurlashtirish uchun mukammal shart-sharoit yaratadi. Bunda yaqinlashuvning asosini moddiy yemas, balki maʼnaviy qadriyatlar tashkil yetadi.
Mazkur kontekstda Yangi Oʻzbekistonning transregional aloqadorlikni tiklash boʻyicha zamonaviy tashabbuslari, mintaqa davlatlarning chuqur oʻzaro bogʻliqligi bilan belgilangan tarixiy rivojlanish modelining qonuniy davomi deb hisoblanadi.
2016-yildan keyin Oʻzbekistonning zamonaviy tashqi siyosati pragmatik iqtisodiy-transport hamkorligi va makromintaqaning umumiy tarixiy taqdirini tan olish sinergiyasiga asoslanadi. Ushbu strategiyani amalga oshirish doirasida Movarounnahr, Afgʻoniston va Hindiston yarimorolini bogʻlab turgan qadimiy intellektual va logistika markazi – Termiz shaxri alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu sababli, tarix va madaniyat sohasida buddaviy va islom merosini birgalikda oʻrganish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga alohida urgʻu berilmoqda. Janubiy Oʻzbekiston yodgorliklarining (Qora-tepa, Fayoz-tepa, Kampirtepa) oʻziga xos sintezizmi hind, yellinistik, yeron va oʻrta osiyo anʼanalarining tarixiy sintezini aks yettiradi, bu yesa buddizmning Hindistondan Sharqiy Osiyoga oʻtish yoʻllarini belgilaydi.
VIII asrdan boshlab mintaqaning islom makoniga integratsiyasi sivilizatsiya sintezining yangi bosqichini boshlab berdi. Termiz musulmon olamining asosiy intellektual markazlaridan biriga aylandi, bu esa sufiy tarmoqlarining taʼsiri va Markaziy hamda Janubiy Osiyoda oʻz obroʻsini saqlab kelayotgan buyuk mutafakkir al-Hakim at-Termiziy merosi bilan tasdiqlanadi.
Temuriylar davrida bu aloqalar bevosita Movarounnahr madaniy matritsasiga borib taqaladigan Buyuk Moʻgʻullar (Boburiylar)ning oʻziga xos hind-musulmon sivilizatsiyasi shakllanishiga asos boʻldi.
Ushbu tarixiy-sivilizatsiyaviy poydevorga tayanib, Toshkent bugungi kunda Markaziy va Janubiy Osiyo uchun umumiy madaniy va gumanitar platforma yaratish tarafdori boʻlib chiqmoqda, bu Janubiy Osiyoning asosiy davlatlari tashqi siyosat strategiyalari bilan yuqori darajada oʻzaro bogʻliqlikni namoyish etadi:
Hindiston: Nyu-Dehli Oʻzbekiston tashabbuslariga oʻzining “Connect Central Asia” konsepsiyasi nuqtayi nazaridan qaraydi. Madaniy va tarixiy oʻxshashliklar (Boburiylar davri, soʻfiylik va buddaviylik merosi) Hindistonga Oʻzbekistonda yetakchi universitetlari (Amity va Sharda) filiallarini ochish orqali oʻzining mintaqadagi gumanitar ishtirokini kengaytirish imkon beradi.
Pokiston: Islomobod uchun Samarqand va Buxoro bilan chuqur maʼnaviy aloqalar muhim ahamiyatga ega. “Ziyorat turizmi” dasturlarini rivojlantirish gumanitar aloqalar uchun ragʻbat vazifasini oʻtaydi va keng koʻlamli transmintaqaviy transport loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan oʻzaro ishonchni oshirishga xizmat qiladi.
Afgʻoniston: Kobul uchun Oʻzbekistonning siyosatdan xoli tashabbuslari tashqi dunyo bilan oʻzaro aloqa qilishning qonuniy yoʻlini ochib, siyosiy qarama-qarshilikka aralashmasdan mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qoʻshilish imkonini beradi.
Alohida taʼkidlash joizki, makromintaqaning strategik salohiyati uning demografik xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq. Markaziy va Janubiy Osiyo dunyodagi eng “yosh” mintaqalar qatoriga kiradi: bu yerda 30 yoshgacha boʻlgan aholi ulushi 60% dan oshadi, oʻrtacha yosh esa taxminan 28 yoshni tashkil etadi. Bu demografik resurs barqaror oʻsish va jamoatlararo aloqalarni faollashtirishning asosiy drayveri boʻlib xizmat qiladi, bu esa inson kapitalini rivojlantirish vazifalarini dolzarblashtiradi.
Bunday sharoitda inson kapitalini rivojlantirish sohasida hamkorlikdagi ishlarning ahamiyati ortib bormoqda. Malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish, bilim va texnologiyalar almashinuvi, yoshlar va jamiyatlararo aloqalarni faollashtirish shular jumlasidan.
Oʻzbekiston makromintaqada oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-akademik hamkorlikni izchil kengaytirib bormoqda. Termiz shahrida xalqaro tashkilotlar koʻmagida afgʻonistonlik talabalarni kasb-hunarga va tilga oʻqitish dasturlari yoʻlga qoʻyilgani buning amaliy namunasidir. Natijada shahar ikki mintaqa chorraxasida yirik taʼlim va gumanitar markazga aylanmoqda.
Toshkent tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar transregional aloqadorlikni tiklashda samarali vosita boʻlib xizmat qiladi va davlatlarning chuqur oʻzaro bogʻliqligi bilan belgilangan rivojlanishning tarixiy modelining mantiqiy davomi hisoblanadi.
Ushbu strategiyani amalga oshirish doirasida Movarounnahr, Afgʻoniston va Hindiston yarimorolini bogʻlab turgan qadimiy intellektual va logistika markazi – Termiz shaxri alohida ahamiyat kasb etadi.
Uning tarixiy roli oʻziga xos geostrategik joylashuvi bilan belgilangan. Antik davrdayoq Termiz Yunon-Baqtriya va Kushon dunyosining muhim markazi boʻlgan. Aynan Kushon imperiyasi zamonaviy Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Pokiston va Shimoliy Hindiston hududlarini birlashtirgan birinchi barqaror siyosiy-iqtisodiy makonlardan birini yaratdi.
Bugun Oʻzbekiston ushbu merosni yangi koʻp tomonlama muloqot platformalarini tashkil etish orqali institutsional shakllantirmoqda. Bu tizimda transport-logistika aloqalarini, gumanitar diplomatiyani va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan “Termiz dialogi” xalqaro platformasi muhim oʻrin tutadi.
Mutaxassislar hamjamiyati ushbu platformaning sifatli evolyutsiyasini qayd etmoqda. Ikkinchi “Termiz muloqoti” anjumani (2026-yil 4–6-iyun kunlari Toshkent, Termiz va Samarqandda rejalashtirilgan) siyosat, logistika, iqlimga moslashish va madaniy almashuv sohalarida konseptual munozaralardan amaliy hamkorlik mexanizmlarini shakllantirishga oʻtishni anglatadi. Forum mintaqaviy xavfsizlik va Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha koʻp tomonlama yondashuvlarni ishlab chiqish uchun ixtisoslashtirilgan xalqaro platforma maqomiga ega boʻlmoqda.
Oʻzbekistonning yondashuvidagi asosiy oʻziga xoslik “inklyuziv mintaqaviylik” gʻoyasiga asoslanadi, bu esa Afgʻonistonning mintaqalararo aloqalar tizimiga majburiy ravishda qoʻshilishini taqozo etadi. Toshkent insonparvarlik hamkorligini davlatlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni yumshatish va mintaqaviy ajralishni yengish vositasi sifatida baholab, muqobil diplomatiya modelini taklif qilmoqda.
Shunday qilib, zamonaviy Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning tarixiy tajribasini XXI asr voqeligiga mos ravishda konseptual jihatdan qayta koʻrib chiqmoqda. “Termiz muloqoti” platformasini rivojlantirish va transmintaqaviy aloqalarni ragʻbatlantirish orqali Toshkent yagona sivilizatsiyaviy makon haqidagi tarixiy xotirani koʻp tomonlama integratsiya, gumanitar sheriklik va boʻlinmas mintaqaviy xavfsizlikning hayotiy mexanizmiga aylantirmoqda.
Sabirov Alisher
tarix fanlari doktori
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy
pedagogika universiteti