TAILANDDA YTH OQIBATIDA VAFOT ETGAN VA JABRLANGAN FUQAROLAR TOʻGʻRISIDA

Tailandning Pxuket shahrida joriy yilning 18-mart kuni avtobus ishtirokida YTH sodir boʻlgan.
Ushbu baxtsiz hodisa natijasida Oʻzbekistonlik bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi hamda 3 nafar fuqaro turli hil tan jarohati oldilar. Jarohat olganlarga kerakli tibbiy yordam koʻrsatildi.
Vakolatxona ushbu vaziyatni alohida nazoratga olgan va marhumning yaqinlari bilan aloqa oʻrnatilgan. Yo’l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan O’zbekiston fuqarosi N.Nning mayiti 2026-yil 28-mart kuni UZAIRWAYS HY-536 reysida Phuketdan Toshkentga yetkazildi.