Fevral oyida Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada jadallashdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan hisoblanadigan Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2026-yil fevral oyida oʻtgan oyga hamda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Bu esa xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishbilarmonlik faolligining kuchayganini aks ettiradi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2026-yil fevral oyida 1124 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 12,4 foizga ortgan (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 24,2 foizga oʻsish kuzatilgan, Grafik №1).
Joriy yilning fevral oyida IFI komponentlari darajasidagi quyidagi oʻzgarishlar kuzatildi:
- xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob-varaqlaridagi operatsiyalar soni boʻyicha komponent 22 foizga ortgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom-ashyo sotib olish jadalligi 10,6 foizga oshgan;
- faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 0,9 foizga ortgan;
- tovar belgilari boʻyicha komponent 9,4 foizga oshgan;
Shuningdek, 2026-yil fevral oyida IFI 13 ta hududda oʻtgan oyga nisbatan oʻsishi kuzatilgan (Grafik №2).
Jumladan, Andijon (44,8 %), Sirdaryo (41,7 %), Toshkent (33,3 %) va Qashqadaryo viloyatida (28,2 %) sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (Jadval №1, 2).
Shuningdek, ushbu koʻrsatkich Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,5 % ga kamayib moʻtadil darajada qolgan.
Hisobot davrida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 6760,3 ming tani tashkil etib, 2026-yilning yanvar oyiga nisbatan 1 220,5 ming tranzaksiyaga (22%) ortgan.
Banklararo toʻlov operatsiyalari soni 12 ta hududda ortgan. Xususan, Toshkent sh. (24,1 %), Surxondaryo (23,3 %), Samarqand (21,4 %) va Navoiy (17,7 %) viloyatlarida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan sezilarli ortgan.
Shuningdek, bu koʻrsatkich Sirdaryo (8,1 %) va Qoraqalpogʻistonda (1,6 %) kamaygan.
Joriy yilning fevral oyida IFIning birja komponenti 1,1058birlikni tashkil etgan (oʻtgan oyga nisbatan 10,6 foizga ortgan). Bunda, tuzilgan bitimlar soni 36,2 foizga ortganligi va har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlarning oʻrtacha hajmi 15,1 foizga kamayganligi kuzatildi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2026 yil fevral oyida 6 296 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 6,5 foizga ortgan.
Hisobot davrida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari komponenti 1,0088 birlikni tashkil etib, oldingi oyga nisbatan 0,9foizga ortgan. Bunda:
- barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni oldingi oyga nisbatan 4 079 birlikka ortib, 508,5 mingtani tashkil etgan;
- yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni esa 51 taga oshib, 4 161 tani tashkil etgan;
- kichik korxonalar soni 3,9 mingtaga ortib, 415,1 mingtaga yetgan. Shuningdek, fermer xoʻjaliklari soni 36 taga ortib, 89,2 mingtani tashkil etgan.
2026-yilning fevral oyida savdo belgilari boʻyicha komponent 1,0641 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 9,4foizga ortgan. Mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 430 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.
Jadval №1
Oʻzbekiston Respublikasi va mintaqalar boʻyicha IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi
|
Mintaqalar |
IFI |
Hisoblar boʻyicha operatsiyalar komponenti |
Indeksning birja komponenti |
Faoliyatdagi subyektlar komponenti |
Yangi savdo markalari komponenti |
|
Oʻzbekiston Respublikasi |
↑1124 |
↑1,2203 |
↑1,1058 |
↑1,0088 |
↑1,0941 |
|
Andijon viloyati |
↑1448 |
↑1,1491 |
↑2,0000 |
↑1,0140 |
↓0,7692 |
|
Sirdaryo viloyati |
↑1417 |
↓0,9194 |
↑2,0000 |
↑1,0166 |
↑2,4000 |
|
Toshkent viloyati |
↑1333 |
↑1,1684 |
↑1,6702 |
↑1,0124 |
↑1,1111 |
|
Qashqadaryo viloyati |
↑1282 |
↑1,1102 |
↑1,5294 |
↑1,0060 |
↑2,0000 |
|
Surxondaryo viloyati |
↑1267 |
↑1,2329 |
↑1,3817 |
↑1,0129 |
↑2,0000 |
|
Buxoro viloyati |
↑1262 |
↑1,1273 |
↑1,4266 |
↑1,0159 |
↑2,4286 |
|
Jizzax viloyati |
↑1200 |
↑1,0986 |
↑1,4057 |
↑1,0141 |
↑1,0000 |
|
Toshkent shahri |
↑1199 |
↑1,2409 |
↑1,2823 |
↑1,0081 |
↑1,0126 |
|
Navoiy viloyati |
↑1111 |
↑1,1771 |
↑1,1007 |
↑1,0078 |
↑1,2500 |
|
Fargʻona viloyati |
↑1085 |
↑1,1114 |
↑1,0890 |
↑1,0056 |
↑1,3158 |
|
Samarqand viloyati |
↑1085 |
↑1,2138 |
↑1,0387 |
↑1,0148 |
↓0,7059 |
|
Namangan viloyati |
↑1049 |
↑1,1430 |
↓0,9463 |
↑1,0134 |
↑1,6000 |
|
Xorazm viloyati |
↑1032 |
↑1,0794 |
↓0,9417 |
↑1,0061 |
↑1,8750 |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
↓995 |
↓0,9844 |
↓0,9920 |
↑1,0169 |
↑1,0000 |
Jadval №2
Oʻzbekiston Respublikasi va mintaqalar boʻyicha IFI komponentlarining oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan oʻzgarishi
|
Mintaqalar |
IFI |
Hisoblar boʻyicha operatsiyalar komponenti |
Indeksning birja komponenti |
Faoliyatdagi subyektlar komponenti |
Yangi savdo markalari komponenti |
|
Oʻzbekiston Respublikasi |
↑1242 |
↑1,1068 |
↑1,4564 |
↑1,0703 |
↑1,2216 |
|
Jizzax viloyati |
↑1484 |
↓0,9514 |
↑1,8357 |
↑1,0753 |
↑6,0000 |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
↑1436 |
↑1,0160 |
↑2,0000 |
↑1,1384 |
↑1,0000 |
|
Namangan viloyati |
↑1423 |
↑1,0088 |
↑2,0000 |
↑1,0722 |
↑1,1429 |
|
Samarqand viloyati |
↑1419 |
↑1,0170 |
↑2,0000 |
↑1,0714 |
↑0,9231 |
|
Toshkent viloyati |
↑1416 |
↓0,9578 |
↑2,0000 |
↑1,1049 |
↑1,2500 |
|
Qashqadaryo viloyati |
↑1413 |
↓0,9675 |
↑2,0000 |
↑1,0923 |
↑1,1429 |
|
Xorazm viloyati |
↑1400 |
↓0,9407 |
↑2,0000 |
↑1,0596 |
↑1,2500 |
|
Sirdaryo viloyati |
↑1382 |
↓0,8860 |
↑1,6375 |
↑1,0757 |
↑6,0000 |
|
Surxondaryo viloyati |
↑1348 |
↓0,8988 |
↑1,9449 |
↑1,0244 |
↑1,0000 |
|
Fargʻona viloyati |
↑1346 |
↑0,8434 |
↑2,0000 |
↑1,0198 |
↓0,8929 |
|
Buxoro viloyati |
↑1333 |
↑1,0014 |
↑1,8108 |
↑1,0287 |
↑1,0625 |
|
Navoiy viloyati |
↑1151 |
↑1,0090 |
↑1,2914 |
↑1,0514 |
↑1,6667 |
|
Andijon viloyati |
↑1125 |
↑1,3154 |
↑1,0338 |
↑1,0171 |
↓0,9091 |
|
Toshkent shahri |
↑1049 |
↑1,1248 |
↓0,9363 |
↑1,1028 |
↑1,2737 |
Islombek Saparmatov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi