Iteca Exhibitions: Oʻzbekistonda koʻrgazma sanoati sohasi tashkil etilganiga 30-yil boʻldi

Iteca Exhibitions kompaniyasi 2026-yilda milliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan 22 ta koʻrgazma va 5 ta anjuman hamda boshqa yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan
Iteca Exhibitions kompaniyasi 1995-yilda oʻz faoliyatini boshlagan va mustaqil Oʻzbekistonda yangi formatdagi koʻrgazma sanoatini – xorijiy kompaniyalar ishtirokiga va yuqori xalqaro standartlarga rioya qilishga yoʻnaltirilgan sohani rivojlantirish uchun samarali asos yaratdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Oʻttiz yillik faoliyati davomida kompaniya Oʻzbekiston koʻrgazma sanoatiga yetakchi global ishtirokchilar amal qiladigan standartlarni joriy etdi. Bu fakt Iteca Exhibitions kompaniyasining sohada barqaror va sobit yetakchiligini taʼminlaydi.
Kompaniya koʻrgazmalari tarixi uning dastlabki loyihalari – 1995-yilda “Sogʻliqni saqlash – TIHE” va 1997-yilda “Oʻzbekiston neft va gazi – OGU” bilan boshlangan boʻlib, ular vaqt oʻtishi bilan butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim voqealarga aylandi. Bugungi kunda kompaniya portfoliosida 20 ta koʻrgazma mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz sohasida yetakchi oʻrinni egallaydi va tegishli sohalarni rivojlantirish uchun mezonlarni belgilaydi.
Ushbu tadbirlar Oʻzbekistonning xalqaro koʻrgazma xaritasidagi obroʻsini oshiradi, mamlakatning ishonchli biznes sherik sifatidagi imijini mustahkamlaydi va uning jadal iqtisodiy rivojlanishini namoyish etadi. Koʻrgazmalar va anjumanlarning kuchli mavqei Oʻzbekiston chegaralaridan tashqariga ham chiqdi, bu ishtirokchilarning miqdoriy va sifat jihatidan tarkibi, xorijiy va mahalliy auditoriyaning doimiy eʼtiboridan dalolat beradi. “UzBuild”, “UzFood”, “CAITME”, “TIHE”, “OGU” va “TextileExpo Uzbekistan” koʻrgazmalari milliy brend maqomini oldi va mamlakat chegaralaridan tashqarida ham tanilgan.
Koʻrgazma sanoati har doim mamlakatdagi progressiv oʻzgarishlarning koʻrsatkichi boʻlib kelgan, va professionallik darajasi va biznesning rivojlanishga tayyorligini aks ettiradi. Bugungi kunda bozor faol ravishda oʻzgarib bormoqda: yangi operatorlar va maydonchalar paydo boʻlmoqda, zamonaviy tadbirlar formatlari joriy etilmoqda, butun sanoat uchun yuqori standartlar va yangi mezonlar oʻrnatilmoqda.
Iteca Exhibitions mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga doimiy ravishda ustuvor ahamiyat beradi, bu kompaniyaning shiorida aks etilgan: “Iteca Exhibitions – Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xizmat qilishdan faxrlanadi!”. Tajriba shuni koʻrsatadiki, yaxshi tashkil etilgan kompaniya koʻrgazmalari va anjumanlari xavfsizlik va elektronikadan tortib qurilish, energetika, yengil va ogʻir sanoatgacha boʻlgan koʻplab sohalarda ijobiy tendensiyalarni ragʻbatlantiradi. Har bir tadbir tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish va innovatsiyalarni ilgari surish uchun platformaga aylanadi.
Ishtirokchilarning soʻrovlariga koʻra, koʻplab kompaniyalar uchun Iteca Exhibitions koʻrgazmalarida ishtirok etish mamlakat bozoriga kirishning zaruriy elementiga aylangan: bu yerda ular mijozlar, distribyutorlar, professional uyushmalar va davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatadilar, real biznes aloqalarini kengaytiradilar, shartnomalar tuzadilar va kelajakdagi loyihalarni muhokama qiladilar.
2025-yilda Iteca Exhibitions oʻzining 30-yillik yubiley mavsumini nishonladi va 20 ta xalqaro koʻrgazma, toʻrtta nufuzli forum va 36 ta tematik seminarlarni taqdim etdi. Tadbirlarda 55 mamlakatdan 4311 ta kompaniya va brend, 251 ta spiker va moderator hamda 3 957 nafar delegat ishtirok etdi. Tashriflarning umumiy soni 75 mamlakatdan 101 ming 160 nafar kishini tashkil etdi, bu kompaniyaning koʻrgazma tadbirlarining xalqaro darajasi va ahamiyatini tasdiqlaydi.
2025-yilgi koʻrgazma mavsumi davomida mutaxassislar turli sohalardagi innovasiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Koʻrgazmalarda nafaqat jahon yetakchilari va taniqli brendlar, balki koʻplab mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham ishtirok etdi. Va bu mahalliy korxonalarning yutuqlarini namoyish etish va ularning eksport salohiyatini oshirishga yordam berdi.
Mamlakatning ikkita maydonida koʻrgazmalarning oʻtkazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi, soha tadbirlariga yangi turtki berdi va nafaqat miqyosni, balki biznes faolligining oʻsishini ham anglatdi. Ushbu doirada minglab muzokaralar, aloqalar, sherikliklar, kelishuvlar, shartnomalar va yangi loyihalarni ishga tushirish ishlari olib borildi, yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi, natijada umumiy bitimlar aylanmasi 1 milliard dollardan oshdi. Koʻrgazma ishtirokchilariga netvorking va biznes aloqalari uchun maxsus joylar taqdim etildi, bu ularning ishtiroki samaradorligiga va biznes ishonchini mustahkamlashga hissa qoʻshdi.
2007 yildan beri Iteca Exhibitions Oʻzbekistondagi birinchi boʻlib Butunjahon koʻrgazma sanoati uyushmasining (UFI) toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi. UzBuild, OGU/Power Uzbekistan va TIHE/Beauty Uzbekistan xalqaro koʻrgazmalari yana bir bor UFI tomonidan tasdiqlangan tadbir sifatida oʻz maqomini tasdiqladi, bu ularning samaradorligi va mezbon mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasini aks ettirdi.
Yubiley mavsumi natijalari kelajakdagi tadbirlar uchun yuqori talablarni qoʻydi: 2026-yilda milliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan 22 ta koʻrgazma va 5 ta anjuman, yangi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Tashkil etilganidan beri Iteca Exhibitions biznes, davlat idoralari va professional hamjamiyat uchun ishonchli va yetakchi hamkor boʻlib qolmoqda. Yuqori tashkillashtirish standartlari, ishtirokchilar ishonchi va tadbirlarning samaradorligi kompaniyani soha yetakchisiga aylantiradi. Kompaniya koʻrgazmalari nafaqat yutuqlarni namoyish etadi, balki mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshadi, barqaror oʻsish uchun platforma yaratadi va Yangi Oʻzbekistonda talab yuqori boʻlgan kadrlarni tayyorlaydi.
30-yillik yubiley mavsumini sarhisob qilar ekan, Iteca Exhibitions vazirliklar, idoralar, sanoat uyushmalari, hamkorlar, koʻrgazma ishtirokchilari, tashrif buyuruvchilar va ommaviy axborot vositalariga ularning faol ishtiroki va qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildiradi, bu esa kompaniyaga Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilishga hissa qoʻshadigan samarali biznes infratuzilmasini yaratishda davom etish imkonini beradi.
Iteca Exhibitions – 30-yil Sizning biznesingiz butun dunyo bilan aloqada!
“Dunyo” AA