13 noyabr kunlari Toshkentda texnologiyalar va kelajak xavfsizligini birlashtiruvchi “E-TechExpo 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtadi

2025-yilning 11-13 noyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKMda texnologik taraqqiyot va kelajak xavfsizligining yagona gʻoyasi bilan birlashtirilgan ikkita tadbir - “Umumiy xavfsizlik – Securex Uzbekistan 2025” 16-xalqaro koʻrgazmasi va elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar “E-TechExpo 2025” 4-xalqaro koʻrgazmasi oʻtkaziladi.
Tashkilotchilar – “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.
Zamonaviy dunyoda innovatsion texnologik yechimlar va keng qamrovli xavfsizlik choralarisiz barqaror rivojlanish mumkin emas. “E-TechExpo 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” koʻrgazmalarining bir sanalarda oʻtkazilishi ushbu yoʻnalishlarning oʻzaro chambarchas bogʻliqligini aks ettiradi: elektronika va elektrotexnika avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining asosini tashkil etadi va aksariyat zamonaviy xavfsizlik yechimlarini raqamli va elektron texnologiyalarsiz amalga oshirib boʻlmaydi.
Koʻrgazmalarning birlashgan ekspozitsiyasida Avstriya, Belarus, Germaniya, Qozogʻiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Polsha, Rossiya, Turkiya va Oʻzbekistondan 39 ta kompaniya ishtirok etadi.
Tadbirlar doirasida biznes dasturni ham qamrab oladi va davlat idoralari, sanoat korxonalari, muhandislik-qurilish tashkilotlari, energetika kompaniyalari, huquqni muhofaza qilish organlari, xavfsizlik xizmatlari, IT-kompaniyalar, tizim integratorlari vakillarini birlashtiradi. Aynan shu yerda mintaqaning innovatsion va xavfsiz infratuzilmasining kelajagini shakllantiradigan gʻoyalar va hamkorliklar tugʻiladi.
“Securex Uzbekistan 2025” koʻrgazmasi xavfsizlik mutaxassislari uchun yetakchi biznes platforma boʻlib, bu yerda mutaxassislar signalizatsiya va videokuzatuv tizimlaridan tortib zamonaviy elektron qurilmalar, dasturiy yechimlar va maʼlumotlarni himoya qilish texnologiyalarigacha boʻlgan eng soʻnggi ishlanmalar bilan tanishishlari mumkin.
Koʻrgazmaning oltin homiysi – “Hikvision” (Oʻzbekiston) kompaniyasi rasmiy distribyutor boʻlib, obyektlarni himoya qilish va qoʻriqlash uchun videokuzatuv tizimlari, kirishni nazorat qilish, interkomlar, biometrik qurilmalar, turniketlar va tegishli uskunalarni taklif etadi.
2022-yilda tashkil etilgan “E-TechExpo” koʻrgazmasi sohada boʻlgan qiziqishning barqaror oʻsishini namoyish etdi va oʻzini muhim mintaqaviy professional tadbir sifatida namoyish etdi. Koʻrgazma ishtirokchilari soni yildan-yilga ortib bormoqda, shu bilan birga koʻrgazmadagi mahsulotlarning geografik koʻlami va assortimenti kengaymoqda.
Taniqli ishtirokchilar orasida xavfsizlik va texnologiya sohasidagi ilgʻor ishlanmalarni taqdim etuvchi yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar mavjud: “Aselsan” (Turkiya) - ikki maqsadli mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchilardan biri; “EAS” (Oʻzbekiston) - dronlarga qarshi innovatsion tizimlarni milliy ishlab chiqaruvchisi; “UNITREE” (Xitoy) - robototexnika sohasining yetakchisi; “Regula” (Belarus) - hujjatlar, banknotlar va qimmatli qogʻozlarning haqiqiyligini tekshirish boʻyicha ekspert yechimlarining taniqli ishlab chiqaruvchisi.
“E-TechExpo 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” kompaniyaning kuzgi mavsumini yakunlovchi tadbirlaridir. Uch kunlik mazmunli dastur davomida ishtirokchilar yangi imkoniyatlar va bozorlarni kashf etish, dolzarb bilimlarni oʻzlashtirish hamda “Iteca Connect” mobil ilovasi orqali muloqot oʻrnatish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Koʻrgazmaga tashrif buyurish uchun quyidagi havolalar orqali roʻyxatdan oʻting va onlayn beydjga ega boʻling:
“Securex Uzbekistan 2025”– https://securex.uz/ru/posetitx-vstavku
“E-TechExpo 2025” – https://e-techexpo.uz/ru/posetitx-vstavku
“Dunyo” AA