28-30-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Togʻ-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

“MiningMetals Uzbekistan 2025”: kon-metallurgiya texnologiyalari va innovatsiyalari xalqaro markazi
“Togʻ-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro koʻrgazmasi 2025-yil 28-30-oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKKning 1-, 2-pavilyonlari va ochiq maydonida boʻlib oʻtadi.
Tashkilotchilar: “Iteca Exhibitions” xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.
Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash iqtisodiy rivojlanishning asosidir. Xom ashyo va yuqori sifatli qayta ishlangan mahsulotlar - metall prokat, quvurlar va boshqa materiallar bilan taʼminlash iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi va ularning doimiy oʻsishiga hissa qoʻshadi.
Tabiiy resurslarga boy mamlakat boʻlgan Oʻzbekistonning togʻ-kon sektori ham oʻz sanoatini turli xomashyo bilan taʼminlash, ham eksport yetkazib berishni amalga oshirish va koʻpaytirish borasida barqaror rivojlanmoqda. Mamlakat rahbariyati sohani rivojlantirishga, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish uchun sharoit yaratishga, ishlab chiqarishning ekologik tozaligi va energiya samaradorligini oshirishga katta eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekistondagi kon-metallurgiya sanoati uchun yetakchi koʻrgazma tadbirlaridan biri va zamonaviy uskunalar va texnologiyalar haqida maʼlumot olish uchun samarali platforma boʻlgan MiningMetals Uzbekistan koʻrgazmasi ham soha rivojiga katta hissa qoʻshmoqda. Koʻrgazma kon-metallurgiya sohasi mutaxassislari, tegishli vazirliklar va idoralar hamda ixtisoslashgan agentliklar uchun ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning istiqbolli variantlarini koʻrib chiqish imkoniyatini beradi.
Bu yil koʻrgazmada 15 mamlakat – Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Koreya Respublikasi, Latviya, Moʻgʻuliston, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Chexiya, Eron, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindistondan – 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Xorijiy ishtirokchilarning TOP-3 taligi quyidagilardan iborat: Xitoy (50 ta kompaniya), Germaniya (17 ta kompaniya), Qozogʻiston (10 ta kompaniya).
Koʻrgazmaning kumush homiysi Chexiyaning INCO Engineering kompaniyasi – togʻ-kon ishi uchun uskunalar, shaxta koʻtargichlaridan tortib zamonaviy konlar uchun kompleks yechimlargacha boʻlgan sohalarda global miqyosdagi yetakchi hisoblanadi. INCO Engineering yechimlari xavfsizlik, samaradorlik va ishonchlilikni taʼminlab, togʻ-kon sanoatida global standartlarni yuritadi.
Koʻrgazma ekspozitsiyasi ikkita asosiy sektorga boʻlingan: “Togʻ-kon ishi” va “Metallurgiya va mashinasozlik”.
“Togʻ-kon ishi” boʻlimida foydali qazilmalar qazib olish va qayta ishlashning barcha bosqichlari uchun keng qamrovli yechimlar, jumladan, maydalash, saralash va frezalash uskunalari, burgʻulash qurilmalari va asboblari, flotatsiya kameralari, nasoslar va filtrlar, qum yuvish va suvsizlantirish uskunalari, ommaviy materiallarni tashish, konveyer tizimlari, ochiq turdagi va yer osti konchilik uchun ixtisoslashtirilgan uskunalar, shuningdek, konlarni avtomatlashtirish va raqamli monitoring qilish texnologiyalari namoyish etiladi.
“Metallurgiya va mashinasozlik” boʻlimida metallurgiya korxonalari uchun keng turdagi uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladi: raqamli dasturiy boshqarish dastgohlari, prokatlash va quyish uskunalari, poʻlat quyish zavodlari uchun kranlar, filtrlash va aspiratsiya tizimlari, moylash-sovutish suyuqliklari, geotexnika va qurilish ehtiyojlari uchun materiallar, shuningdek, chiqindilar va ikkilamchi metallarni qayta ishlash yechimlari.
Ochiq ekspozitsiyada tashrif buyuruvchilar qurilish va konchilik uskunalarini, jumladan, burgʻulash qurilmalari, ekskavatorlar, telexendlerlar va filtr-presslarini koʻrishlari mumkin. Koʻrgazmada quyidagilar namoyish etiladi: Quantum Systems Kazakhstan (Qozogʻiston) – ZEGA D480A burgʻulash qurilmasi; Jingjin Equipment (Xitoy) – FILTER PRESS filtr-pressi; Eurasian Construction Machinery (Oʻzbekiston) – HITACHI ZX-330 ekskavatori, Gehl TX-4017 teleskopik yuklagichi va Gehl R180 mini-yuklagichi; POWER Crane (Oʻzbekiston) – koʻtarish uskunalari: ikki balkali koʻprikli kran, portal kranlari, konsolli kranlar; IKO MACHINERY (Oʻzbekiston) – KOMATSU, DYNAPAC, DONALDSON.
Koʻrgazmada ilk marotaba burgʻulash-portlatish ishlari uchun uskunalar hamda portlovchi moddalarni xavfsiz tashish uchun ixtisoslashtirilgan uskunalar namoyish etiladi.
Keng tematik qamrovi tufayli koʻrgazma ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga sanoatning holati va rivojlanish tendensiyalari haqida toʻliq tushunchaga ega boʻlish, minerallarni qazib olish va qayta ishlashning ilgʻor yechimlari haqida maʼlumot olish hamda texnologik innovatsiyalar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, minglab ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar tajriba almashish, yangi aloqalar oʻrnatish va sohaning bozor salohiyatini baholash uchun bitta joyda toʻplanishadi.
Bu yil birlashgan stend doirasida ishtirok etayotgan mahaliy togʻ-kon sanoati va metallurgiyaning flagmanlari anʼanaga koʻra ekspozitsiyada muhim oʻrinni egallaydilar. Stend tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Oʻzbek texnologik metallar kombinati, Navoiyuran, Oʻzmetkombinat va Namangan metallurgiya zavodi.
Xorijiy eksponentlar qatorida nafaqat koʻp yillik ishtirokchilar - DESWIK (Buyuk Britaniya), KORRUS TECH ASIA (Qozogʻiston), WENCO INTERNATIONAL MINING SYSTEMS (Kanada), LIMING HEAVY INDUSTRY (Xitoy), ENGINEERING DOBERSEK (Germaniya), balki yetakchi ishlab chiqaruvchilar sifatida obroʻ qozongan debyutantlar - ART BLAST GROUP (Qirgʻiziston), HEPHEASTUS MACHINERY (Moʻgʻuliston), INCO ENGINEERING (Chexiya), FELUWA (Germaniya), WESMAN THERMAL ENGG PROCESSES (Hindiston), FKK GUNEY OTO LAS. TAK (Turkiya), TOP DRILL CO (Koreya Respublikasi) ham ishtirok etadi.
16 ta kompaniyadan iborat Germaniya milliy pavilyonining anʼanaviy ishtiroki mutaxassislarga kon-metallurgiya kompleksi uchun uskunalar va texnologiyalarni - mineral xom ashyoni qazib olish va boyitish, materiallarni tashish, konveyer texnologiyasi, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarini injiniringi va qurish boʻyicha yechimlarni taqdim etadi.
Bu yil Rossiya kompaniyalarining yillik jamoaviy ishtiroki Nijniy Novgorod viloyati stendi tomonidan namoyish etiladi. Bu yerda rudani boyitish, shlaklarni qayta ishlash va ikkilamchi xom ashyoni ajratish, maydalash va saralash tizimlari uchun yechimlar, geotexnik ishlar uchun materiallar (geotekstil, geomembranlar, geopanjaralar, geotoʻrlar), choʻyan, poʻlat va ferroqotishmalar ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnologiyalar, shuningdek, birlamchi metallarni ulgurji sotish uchun moylash-sovutish suyuqliklari va yechimlar namoyish etiladi.
Koʻrgazmada Xitoy kompaniyalari keng miqyosda ishtirok etib, kon-metallurgiya kompleksi uchun keng turdagi uskunalar va texnologiyalarni namoyish etmoqda: maydalash va flotatsiya qurilmalari, tegirmonlar, shlam nasoslari, burgʻulash va koʻtarish uskunalari, konveyer lentalari, maxsus texnika, poʻlat sanoati uchun kranlar, shuningdek, kon-metallurgiya korxonalari uchun kimyoviy reagentlar va butlovchi qismlar.
Koʻrgazmada debyut qilgan mamlakatlar orasida - Moʻgʻuliston. Ushbu mamalakatdan kelgan kompaniya portlovchi moddalarni tashish uchun ixtisoslashtirilgan uskunalarni namoyish etmoqda.
Anʼanaga koʻra, yettinchi marta koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston Xalqaro kon-metallurgiya forumi - UIMF 2025 boʻlib oʻtadi. Bu yilgi forumning mavzusi - “Kelajakning togʻ-kon sanoati: resurslar va strategiyalar”. Forumda hukumat vakillari, soha regulyatorlari, yirik ishlab chiqaruvchilar, investorlar, moliya institutlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Forum Congresses of Central Asia – CCA xalqaro kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.
Koʻrgazma va uning doirasida oʻtkazilayotgan forum kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishda muhim rol oʻynab, mutaxassislarning fikrlari va tavsiyalarini uskunalar, texnologiyalar va konchilik texnikalari kabi amaliy qismi bilan uzviy bogʻlaydi.
Barcha ishtirokchilar, jumladan, tashrif buyuruvchilar va eksponentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida Iteca Connect ilovasi ishga tushirildi. Ilova uchrashuvlarni rejalashtirish, ishtirokchi kompaniyalar faoliyati haqida maʼlumot olish, pavilyonlar xaritasi yordamida koʻrgazmada navigatsiya qilish va hokazolarni amalga oshirish imkonini beradi.
Rasmiy koʻmak:
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi;
- Oʻzbekiston metallurgiya uyushmasi;
- Toshkent shahar hokimligi.
Informasion koʻmak:
Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.mining.uz
“Dunyo” AA