“Plastex Uzbekistan–2025” yubiley koʻrgazmasi oʻz ekspozitsiyasini kengaytirmoqda

“Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro koʻrgazmasi 2025-yilning 23-25-sentyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKKning barcha koʻrgazma maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Koʻrgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Plastex Uzbekistan har yili polimer xomashyosi va asbob-uskunalari boʻyicha yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarining ilgʻor yechimlarini taqdim etish uchun plastmassa sanoati mutaxassislarini birlashtiradi. Xalqaro ishtirokchilar innovatsiyalari va ishlanmalari Oʻzbekistonning koʻplab tarmoqlari uchun mustahkam tayanch boʻlmoqda.
Koʻrgazma miqyosi oʻtgan yilga nisbatan 19 foizga oʻsdi – Germaniya, Yeron, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va Oʻzbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar Plastex Uzbekistan 2025da ishtirok etmoqda. Xitoy ishlab chiqaruvchilari Milliy pavilyon formatida ishtirok etadi.
“Plastex Uzbekistan –2025” koʻrgazmasi nafaqat ishtirokchilar soni boʻyicha, balki asosiy va periferik uskunalar miqyosi boʻyicha ham rekord koʻrsatgichlarni namoyish etmoqda – 2-pavilyonda nafaqat sanoat liniyalari balki alohida taqdimotlar ham diqqatga sazovordir. Koʻrgazmada anʼanaviy plastmassa ishlab chiqarish liniyalaridan tashqari, qayta ishlash uskunalari ham namoyish etiladi.
Haitian, Sedir Yzumi, Haida, Borche, Power Jet, Dianya, Wankai, Bole, Jwellningning texnik mutaxassislari turli xil plastik qoliplash usullari uchun mashinalarni tanlash boʻyicha malakali maslahatlar beradi. Qolip ishlab chiqaruvchilari yangi mahsulotlarni chiqarish uchun qoliplash vositalariga buyurtma berish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Boʻlimlar:
• Plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalari;
• Xom ashyo va yordamchi materiallar;
• Polimer materiallar va qoʻshimchalar;
• Bosma qoliplar. Periferik uskunalar;
• Qayta ishlash va utilizatsiya texnologiyalari;
• Plastik mahsulotlar;
• Qadoqlash va poligrafiya uskunalari.
Sanoatga talab ortib borayotgani, uning tarmoqlari kengaygani tufayli koʻrgazma koʻlami kengaydi. Koʻrgazmaning yangi xususiyati – 4P Central Asia ixtisoslashtirilgan sektori – poligrafiya, qadoqlash, plastmassa va polimer sanoatidagi mahsulotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni namoyish etishga moʻljallangan innovatsion V2V platformasidir. Sanoatning toʻrt yoʻnalishini bir maydonda, bir sanalarda birlashtirish tamoyili mutaxassislarga bir nechta turdosh tarmoqlar doirasida individual va kompleks yechimlarni topish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi.
4P Central Asianing asosiy maqsadi - ishlab chiqarish zanjirining toʻliq siklini – polimer, poligrafiya va qadoqlash sanoatining oʻzaro taʼsirini namoyish etish orqali keng qamrovli yechimlarni taklif qilishdan iborat.
Koʻrgazma anʼanaviy tarzda tegishli davlat organlari va idoralari koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda.
“Dunyo” AA