Toshkentda “Global Textile Days” – Oʻzbekiston toʻqimachilik innovatsiyalari va biznes haftaligi boshlanmoqda

Koʻrgazma 9-11-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” pavilyonlarida boʻlib oʻtadi
Shu yilning 9-11-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” MKK pavilyonlarida “Global Textile Days” – Oʻzbekiston toʻqimachilik haftaligi boʻlib oʻtadi va u “Iteca Exhibitions” kompaniyasining 30-yubiley koʻrgazma mavsumining kuzgi qismini ochadi.
Haftalik quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
- Toʻqimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025» 16-Markaziy Osiyo Xalqaro koʻrgazmasi;
- Toʻqimachilik va Tikuvchilik Sanoati– TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025” 25-Yubiley Xalqaro koʻrgazmasi;
- Tadbirlarga boy biznes dasturi, V2V uchrashuvlari va taqdimotlar.
“Global Textile Days” birlashgan ekspozitsiyasida quyidagi 22 davlatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar oʻrin olgan: Avstriya, AQSH, BAA, Belarus Respublikasi, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Portugaliya, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Chexiya, Shveysariya, Yaponiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Hindiston,
Oʻzbekiston toʻqimachilik va moda sanoatining Markaziy Osiyo habi maqomini mustahkamlamoqda, hukumatning qatʼiy chora-tadbirlari: 200 million dollarlik jamgʻarmaga ega Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining tashkil etilishi va Prezident tomonidan sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Dolzarb 100 kunlik” eʼlon qilinishi tufayli global savdo va logistika muammolarini yengib oʻtmoqda. Toʻqimachilik biznesi hamjamiyatining ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish borasidagi saʼy-harakatlari bilan birga, bu qadamlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, eksportni kengaytirish, Yevropa va AQSH bozorlarida oʻz oʻrnini egallashga qaratilgan. Shu nuqtayi nazardan, sentyabr oyida “Global Textile Days” oʻtkazish ayniqsa dolzarbdir. “CAITME” va “TextileExpo Uzbekistan” koʻrgazmalarining sinergiyasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun eng yangi texnologiya va uskunalarni oʻrganishdan tortib, xalqaro bozorda oʻz mahsulotlarini ilgari surishgacha boʻlgan noyob imkoniyatlarni ochib beradi.
“CAITME” platformasi iqtisodiyotning eng muhim va eksportga yoʻnaltirilgan tarmoqlaridan biri, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish sohasidagi asosiy milliy koʻrgazma loyihasi boʻlib, mintaqadagi noyob xalqaro texnologiyalar koʻrgazmasidir. Butunjahon koʻrgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) tomonidan oʻtkazilgan mustaqil audit natijalariga koʻra, koʻrgazma MDH mamlakatlaridagi shunga oʻxshash tadbirlar orasida birinchi oʻrinni egallaydi va Yevroosiyo qitʼasida ikkinchi oʻrinda turadi. Koʻrgazma 2004-yilda tashkil etilganidan buyon muntazam ravishda Yevropa va Osiyodan toʻqimachilik mashinasozligi sohasida tan olingan yetakchilar hamda eng ilgʻor texnologiyalarni yetkazib beruvchilarni oʻziga jalb etib kelmoqda.
Tadbirni anʼanaviy ravishda asosiy vazirlik va idoralar qoʻllab-quvvatlamoqda, Markaziy Osiyo mintaqasi (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston) mutaxassislari va ekspert delegatsiyalari, yetakchi investorlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurmoqda. Koʻrgazma hamkorlik, qoʻshma ishlab chiqarish va sarmoya kiritish yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan toʻqimachilik mashinasozligining koʻplab yetakchilari uchun Oʻzbekiston bozoriga kirish uchun boshlangʻich nuqta boʻldi.
Koʻrgazma mintaqadagi soha mutaxassislari bilan uchrashish, jahonning yetakchi toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj uskunalari va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilarining soʻnggi innovatsiyalarini amalda koʻrish, maslahat va texnik yordamni “birinchi qoʻldan” olish, sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish masalalarini hal etish va sohadagi mavjud muammolarni birgalikda yengish yoʻllarini ishlab chiqish uchun yana bir bor noyob imkoniyat yaratadi.
Koʻrgazmaning bosh homiysi “Turkish Machinery” brendi ostida Turkiyaning mashinasozlik mahsulotlari eksportchilari uyushmasi - MAIB hisoblanadi. 2002-yilda tashkil etilgan uyushma 25 000 dan ortiq eksportchilarni birlashtiradi va Turkiya mashinasozligini rivojlantirish va jahon bozorida targʻib qilishda muhim rol oʻynaydi.
Koʻrgazma ekspozitsiyasi “Oʻzekspomarkaz” MKKning 1, 2, 3 pavilyonlari va Atrium 1 zalida namoyish etiladi va tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi boʻlimlarga boʻlinadi:
1-, 2-pavilyonlarida va Atrium 1-zalida yigiruv, toʻquvchilik, trikotaj, boʻyash va pardozlash uchun uskunalar, butlovchi qismlar, yordamchi mashinalar va yechimlar namoyish etiladi.
3-pavilyonda yana bir bor xaridorlar orasida katta talabga ega boʻlgan tikuv texnologiyalari: tikuv mashinalari, avtomatlashtirilgan tikuv tizimlari, bichish moslamalari, tikuvchilik uchun dasturiy taʼminot va boshqa koʻplab mahsulotlar taqdim etiladi.
Bu yil Yevropa va Osiyoning mashhur kompaniyalari va brendlari anʼanaviy tarzda “CAITME” koʻrgazmasida muhim oʻrinni egallaydi: “Truetzschler”, “Groz-Beckert”, “Mahlo”, “Habasit”, “MHMS”, “Vandewiele NV”, “IRO”, “Biancalani”, “Corino”, “Ferraro”, “Itema”, “Lafer”, “Mario Crosta”, “Motex Di Modiano Guido”, “Salvadeʻ”, “Simet”, “Dilmenler”, “Dalgakiran”, “Mersan”, “Temsan”, “Lakshmi Machine Works”, “Lakshmi Card Clothing”, “Perfect Equipments”, “CTMTC”, “Hengyi”, “Leadsfon”, “Rifa”, “Yingyang” va koʻplab boshqalar.
Koʻrgazmada yangi mahsulotlar amalda namoyish etiladi. Masalan, trikotaj uskunalari sohasida yetakchi – “Santoni” - birinchi marta turli markadagi uchta mashinani namoyish etadi: “Jingmei” – “JFG”, “Santoni” – “Zenit HS2”, “Pilotelli – “JVCE-4”. Bu mashinalar Yevropa texnologiyalarini Osiyo samaradorligi bilan uygʻunlashtirib, zamonaviy bozorning keng koʻlamli ehtiyojlarini qoplaydi.
Shuningdek, tadbir debyutantlari – jahon bozorida ishonchli ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar sifatida mustahkam obroʻga ega boʻlgan kompaniyalarni ham taqdim etamiz: “Samatex” (Germaniya) – yigiruv uskunalari uchun aksessuarlar, “Smartex Europe”, “Unipessoal Lda” (Portugaliya) – toʻquv sexlari uchun dasturiy taʼminot, “Ab Card Clothing” (Hindiston) – yigiruv uskunalari uchun aksessuarlar, “Stylon” (Rossiya) - tikuv fabrikalarini avtomatlashtirish tizimlari, “Kyang Yhe Delicate Machine Co., LTD.” (Tayvan) - jakkardli igna teshuvchi mashinalar va boshqa taniqli kompaniyalar va brendlar.
Koʻrgazmada xorijiy ishtirokchilarning ulushi 82 foizni tashkil etadi.
Ishtirokchilar soni boʻyicha xorijiy davlatlar orasida Top-5ga Xitoy (57 kompaniya), Turkiya (40 kompaniya), Hindiston (20 kompaniya), Italiya (14 kompaniya), Germaniya (10 kompaniya) kirdi.
Anʼanaga koʻra, “CAITME” koʻrgazmasida “KOTMI” (Korea Textile Machinery Convergence Research Institute) koʻmagida Koreya Respublikasining milliy pavilyoni tashkil etiladi.
Delegatsiya tarkibiga taniqli ishlab chiqaruvchilar va soha yetakchilari kiradi, ular toʻqimachilik ishlab chiqarish, burama uskunalari, toʻqimachilik mahsulotlarini bosma etish, pardozlash va laminatsiyalash uchun ilgʻor texnologiyalar va uskunalarni va koʻplab boshqa mahsulotlarini taqdim etadilar.
Yevropa texnologiyalari Avstriya, Belgiya, Daniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Portugaliya, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya kabi davlatlar tomonidan namoyish etiladi.
Joriy yilda “TextileExpo Uzbekistan” xalqaro toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati koʻrgazmasi oʻzining 25-yilligini nishonlamoqda, bu esa sohaning barqaror rivojlanishi, uning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi va olgʻa ishonch bilan harakatlanishi ramzi boʻlgan muhim voqeadir.
2004-yildan 2017-yilgacha koʻrgazma “TextileExpo Uzbekistan” brendi ostida oʻtkazilgan boʻlsa, 2018–2024-yillarda “UzTextileExpo” nomi bilan tanilgan va joriy yildan boshlab oʻzining tarixiy nomiga qaytgan.
Chorak asr davomida koʻrgazmada 41 mamlakatdan 3 500 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi va uning ekspozitsiyasiga 126 mingdan ortiq professional tashrif buyurdi.
“TextileExpo Uzbekistan” tashkil etilgan kundan boshlab milliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, oʻzbek mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish va Oʻzbekistonning toʻqimachilik sanoatida ishonchli hamkor sifatidagi obroʻsini mustahkamlash vazifasiga sodiq qoldi. Bugungi kunda TextileExpo Uzbekistan oʻnlab mamlakatlardan ishlab chiqaruvchilar, bayerlar, riteylerlar va distribyutorlarni birlashtirgan milliy brend, butun mintaqa uchun muhim biznes platforma hisoblanadi.
2009-yilda taʼsis etilgan Maxsus Bayerlar dasturi Oʻzbekistonda shu turdagi tadbirlardan birinchisi boʻldi. Bugungi kunda koʻrgazmaning ushbu eksklyuziv qismi vositachilarni chetlab oʻtib, istiqbolli bozorlarga yoʻl ochib, ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar oʻrtasida bevosita muzokaralar olib borishda asosiy vosita boʻlib xizmat qilmoqda. “TextileExpo Uzbekistan Kuz 2025” koʻrgazmasining Bayerlar dasturi davomida turli mamlakatlarning 100 dan ortiq xarid qiluvchi kompaniyalari oʻzbekistonlik toʻqimachilik mahsulotlari va xomashyo ishlab chiqaruvchilari bilan ishbilarmonlik muzokaralarini oʻtkazadi. Dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan 16-yil davomida unda Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan 2000 dan ortiq yirik bayerlar ishtirok yetdi. Ular qatoriga Auchan, X5 Retail Group, Magnit, Zara, Bershka, Gloria Jeans, Oodji va boshqa koʻplab kompaniyalar kiradi. Ushbu format tufayli koʻrgazma shartnomalar, investitsiyalar va uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshiradi.
“TextileExpo Uzbekistan Kuz-2025” koʻrgazmasi 4-pavilyon va Atrium 2- zalida joylashgan boʻlib, toʻqimachilik va yengil sanoatning butun spektrini qamrab oladi: kalava ip, gazlama, trikotaj va ipakdan tortib to uy tekstili, paypoq, boʻyoqlar, kimyoviy moddalar, aksessuarlar, poyabzallar, shuningdek, bosma va qadoqlash uchun yechimlar.
“TextileExpo Uzbekistan Kuz-2025” koʻrgazmasining doimiy ishtirokchilari qatorida quyidagi kompaniyalar mavjud: “Osborn Textile” (Oʻzbekiston) – boʻyalgan va melanj ip ishlab chiqarish, “Mogotex” (Belarus Respublikasi) – MDH mamlakatlari, yaqin va uzoq xorijdagi eng yirik toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri, “Merganteks” (Oʻzbekiston) - toʻliq integratsiyalashgan ishlab chiqarish zanjiriga ega #fiber2fashion konsepsiyasi - paxta yetishtirishdan tayyor kiyim ishlab chiqarishgacha boʻlgan Oʻzbekistondagi yetakchi paxta-toʻqimachilik klasterlaridan biri, “Daka-Tex fabrikasi” (Oʻzbekiston) — yuqori sifatli kalava ip, trikotaj mato va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Koʻrgazma debyutantlari: “Elegant Fiber Textile” (Oʻzbekiston) – yuqori sifatli, raqobatbardosh va zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi, “Indigo Garments” (Oʻzbekiston) – zamonaviy texnologiyalarni inson salomatligiga gʻamxoʻrlik bilan uygʻunlashtirgan mamlakat trikotaj sanoati yetakchilaridan biri.
“Global Textile Days”ning asosiy tarkibiy qismlaridan biri ikkinchi kuni – 10-sentyabr kuni Atrium 2-zalida boʻlib oʻtadigan biznes-dastur boʻladi. Uning asosiy mavzusi – “Markaziy Osiyo ishlab chiqarish markazi sifatida: barqarorlik vs global muammolar”. Tadbir ishlab chiqaruvchilar, brendlar, riteylerlar, davlat idoralari va ekspertlar oʻrtasidagi dinamik muloqot maydoniga aylanadi, unda Markaziy Osiyoni jahon toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatining barqaror va masʼuliyatli markazi sifatida belgilash yoʻllari muhokama qilinadi. Dastur ishtirokchilarga xarajatlarni kamaytirish va fabrikalar samaradorligini oshirishga yordam beradigan yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va avtomatlashtirish boʻyicha amaliy bilimlar beradi. Yangi bozorlarga chiqish strategiyalariga, jumladan, Rossiya va xalqaro onlayn chakana savdo, raqamli yorliqlash, sunʼiy intellektni joriy etish va energiyani tejovchi yechimlarga alohida eʼtibor qaratiladi.
Rasmiy koʻmak koʻsatayotgan:
-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;
-Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
-Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi;
-“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi;
-Toshkent shahar hokimligi;
-“OSIYO RAMZI” Oʻzbekiston dizaynerlar uyushmasi.
“Dunyo” AA,
Toshkent sh.
Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia Group.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.caitme.uz