Texnologiyalar integratsiyasi qoʻshma tadqiqotlar: Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligidagi ustivor vazifalardir

Bugungi kunda Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligidagi ustivor vazifalaridan biri shubhasiz bu birgalikda, texnologiyalar integratsiyasi: qoʻshma tadqiqotlar va amaliy ishlanmalarda ham hamkorliklar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatlari oʻrtasidagi “Pochta va telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida”gi Bitim (Pekin, 1999-yil 8-noyabr), Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi oʻrtasidagi kelishuv “Aloqa va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida” (Pekin, 2005-yil 25-may), “Oʻzbektelekom” AK va China Telecom kompaniyasi oʻrtasida 2006-yildagi “Oʻzbekiston hududi boʻylab aloqa kanalining kommutatsiyalanmagan (toʻgʻridan-toʻgʻri) tranzit xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, xususiy kanallarni ijaraga berish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida”gi operatorlararo shartnoma, “Oʻzbektelekom” AK va China Unicom oʻrtasida 2015-yil 25-iyundagi xalqaro telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma, “Oʻzbektelekom” AK va Tencent oʻrtasida 2023-yil 5-iyun kuni xalqaro telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma, “Oʻzbektelekom” AK va Tencent oʻrtasida 2023-yil 1-iyuldagi shartnoma, “UZINFOCOM” MCHJ va “H3C Technologiyes Co., Limited.” oʻrtasidagi “Qoʻshma korxona toʻgʻrisida deklaratsiya”.
Hamkorlik yoʻnalishlari turli koʻrinishda ekanligi Xitoy tomonining ham Oʻzbekistonga qiziqishini bildiradi. Misol uchun, 2016-2025-yillarda “Oʻzbektelekom” AK tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hamda XXR moliya institutlarining umumiy qiymati qariyb 700 million dollarlik kreditlari jalb etilgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha bir qancha investitsiya loyihalari amalga oshirildi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish doirasida mobil aloqa tarmogʻini kengaytirish uchun GSM/UMTS/LTE/HR standartidagi 27 mingdan ortiq baza stansiyalari ishga tushirildi. 3 milliondan ortiq abonent portlariga keng polosali aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun uskunalar oʻrnatildi. Respublika boʻylab 40 Tbit/s quvvatga ega transport tarmoqlari tashkil etildi. Umumiy quvvati 11,2 Pbayt boʻlgan maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazlari foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, 2017-2023-yillarda mobil aloqa operatorlari Beeline (Unitel), Mobiuz (UMS) va Ucell (Coscom) Xitoy kompaniyalari bilan Oʻzbekiston Respublikasida mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq boʻlgan qator loyihalarni amalga oshirdi.
Bugungi kunda aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining aksariyati elektron koʻrinishga oʻtkazilgani fuqarolarga katta qulaylik yaratmoqda. Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 58,4 million dollarlik “Elektron hukumat” tizimi uchun Data-markazni yaratish loyihasi amalga oshirilgani ushbu yoʻnalishdagi katta qadamlardan biridir.
Bunday misollarni juda koʻp keltirish mumkin. Jumladan, autsorsing va AT eksportini rivojlantirish sohasida Xitoy kapitali ishtirokidagi IT-Park rezidentlari sifatida 13 ta kompaniya (2024-yil oxirigacha 7 ta kompaniya), jumladan, SOLUXYE CONSULTING, ZTE China va ONYE CLOUD ChINA TECh kabi eksportga yoʻnaltirilgan kompaniyalar roʻyxatdan oʻtgan.
2025-yilning ikkinchi choragida ular tomonidan 632,1 ming AQSH dollari (2024-yil yakuniga koʻra 455,4 ming AQSH dollari) eksport xizmatlari koʻrsatildi.
2025-yil 2-chorak yakuniga koʻra, Xitoyga xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyalar soni 24 tani tashkil etdi, jumladan, MONTFORT CA, FINANCIAL ChAIN CORPORATION, SOLUXYE CONSULTING va boshqalar. Bundan tashqari, 2025-yilning ikkinchi choragi yakuni boʻyicha Xitoyga eksport hajmi 7,4 million AQSH dollarini tashkil etdi (2024-yil yakuni boʻyicha – 2,7 million AQSH dollari).
Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida IT-Park delegatsiyasi 2025-yil 23-26-mart kunlari Xitoyning Chongqing shahrida boʻlib oʻtgan “Huawei Cloud Go Global Summit 2025” tadbirida ishtirok etdi Tadbir doirasida IT Park bosh menejeri J. Pak “Oʻzbekiston IT-sanoatining rivojlanishi, respublikada IT-kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusida taqdimot oʻtkazdi. Bundan tashqari, delegatsiyaning xizmat safari doirasida Xitoyning bir qancha AT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi, xususan, “Renrui Human Resources Technology Holdings Limited” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida Samarqand shahrida “Nol risk” dasturi doirasida call-markazni ishga tushirish masalasi muhokama qilindi. Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi hududida “RENRUI CA SERVICES” MCHJ yuridik shaxsini roʻyxatdan oʻtkazdi va 2025-yil 17-iyunda IT Park rezidenti maqomini oldi.