Oʻzbekiston Prezidenti 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Belarusda boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida boʻladi.
Mamlakatimiz yetakchisi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi.
“Dunyo” AA