Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Tailandning nufuzli "Samitivej"

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Tailandning nufuzli "Samitivej" xalqaro bolalar shifoxonasi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Bitimdan ko'zlangan maqsad tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bilim almashish va kadrlar malakasini oshirish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Tomonlar kelgusida birgalikda klinik amaliyot, akademik aloqalar va tibbiy tadqiqotlarni yaxshilashda qo'shma faoliyat olib borishadi.
Bu haqda batafsil kelgusi materiallarimizda xabar beramiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.