24-26-iyun kunlari Toshkentda “MINEX Central Asia 2025” forumi boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mezbonligida “MINEX Central Asia 2025” forumi boʻlib oʻtadi.
Ushbu forum kritik minerallar boʻyicha global kelajak masalalariga bagʻishlangan boʻlib, togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilmoqda.
“MINEX Central Asia 2025” doirasida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
-nodir metallar boʻyicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha boʻlgan barqaror taʼminot zanjirlarini yaratish;
Mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish;
-ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyoti;
-Qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyalar;
-ilmiy hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
-Global taʼminot zanjirlariga integratsiya va tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targʻib qilish.
Shuningdek, forum doirasida ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya va konchilik sohasida yangilik yaratayotgan, barqarorlik va yetakchilikni namoyon etayotganlarni taqdirlash boʻyicha “Central Asian Mining & Geological Exploration Award” mukofotini topshirish marosimi oʻtkaziladi.
Agar sizning faoliyatingiz kamyob minerallar, barqaror taʼminot zanjirlari, yashil transformatsiya yoki mintaqaviy sheriklik bilan bogʻliq boʻlsa, bu forum aynan Siz uchun!
Batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish https://2025.minexasia.com orqali amalga oshiriladi.
“Dunyo” AA