Harvard Growth Lab: 5-yil ichida Oʻzbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pogʻonaga koʻtarildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Garvard universiteti taraqqiyot laboratoriyasining Iqtisodiy murakkablik indeksini tahlil qildi. Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyoti barqaror oʻsishni koʻrsatmoqda, eksport yiliga oʻrtacha 20,5%ga oʻsib, mintaqadagi boshqa mamlakatlarning oʻsish surʼatlaridan sezilarli darajada yuqori boʻldi.
Toshkent, 2025-yil 18 aprel. Garvard universitetining Taraqqiyot laboratoriyasi Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) natijalarini nashr qildi, unda eksportning texnologik murakkabligi va eksportni diversifikatsiya qilish asosida mamlakatlar reytingi tuzilgan.
Joriy yilning aprel oyida Harvard Growth Lab (Garvard universitetining fanlararo loyihasi) tahlilchilari 2023-yilgi maʼlumotlarni qoʻshib, Iqtisodiy murakkablik atlasini yangiladilar va 145 ta jahon iqtisodiyotini oʻz ichiga olgan Iqtisodiy murakkablik indeksining qiymati boʻyicha mamlakatlarning reytingini taqdim etdilar.
Oʻzbekiston soʻnggi 5-yil ichida 25 pogʻona yuqorilab, 145 ta mamlakat orasida 80-oʻrinni egallab, Iqtisodiy murakkablik reytingida oʻz mavqeini sezilarli darajada yaxshiladi.
Oʻzbekiston reytingda 80 – oʻrinni, Turkiya 44 – oʻrinni, Vetnam 53 - oʻrinni, Qozogʻiston 84 - oʻrinni (6 oʻrin pasayish), RF 94 - oʻrinni (5 pozitsiya yoʻqotish), Tojikiston 124 - oʻrinni (5 pozitsiyaga koʻtarilish), Turkmaniston 126-oʻrinni (12 pozitsiyaga yomonlashish) egalladi. TOP-3 mamlakat qatoriga quyidagilar kiradi: 1-Shveysariya, 2 – Yaponiya, 3 – Singapur.
Mamlakat iqtisodiyoti barqaror oʻsishni koʻrsatmoqda, eksport yiliga oʻrtacha 20,5%ga oʻsdi, bu mintaqadagi mamlakatlarining boshqa mamlakatlaridagi oʻsish surʼatlaridan ancha yuqori. Shu bilan birga, xomashyo resurslaridan tashqari tayyor mahsulotlar eksport yiliga 21,9 foizga oʻsdi va jahon boʻyicha oʻrtacha oʻsishdan yuqori boʻldi.
5-yil davomida eksport oʻsishiga oʻrta qayta ishlangan sanoat tovarlari katta hissa qoʻshdi Ishlab chiqarish yanada murakkabroq boʻlgan mahsulotlar ichida eng yuqori oʻsish surʼatlari transport (89%), sanoat uskunalari (77%), elektrotexnika (59%) boʻyicha qayd etildi.
Oʻzbekiston eksport portfeliga 67 ta yangi mahsulot qoʻshdi, bu 2,1 milliard dollar daromad keltirdi hamda diversifikatsiya va raqobatbardoshlikni oshirish boʻyicha muvaffaqiyatli strategiyani tasdiqladi. Ushbu mahsulotlar 2023-yilda aholi jon boshiga 59 dollar daromad keltirdi.
Harvard Growth Lab hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston jahon bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishgan 162 turdagi mahsulotlarga ega boʻlib, bu uning jahon iqtisodiyotdagi salohiyatini namoyon etadi.
2033-yilgacha iqtisodiy oʻsish prognozlari
2033-yilgacha Oʻzbekiston iqtisodiyotining yillik oʻrtacha oʻsishi 5,6%ni tashkil etishi kutilmoqda, bu esa dunyoda ikkinchi yuqori koʻrsatkichdir.
Yaqin oʻn yilliklarda Vetnamda yillik oʻsish koʻrsatkichlari 4,8%, Tojikistonda – 4%, Qirgʻizstonda – 3,9%, Gruziyada – 3,6%, Qozogʻistonda – 3,6%, Armanistonda – 3,3%, Bangladeshda – 3%, Turkmanistonda – 2,7%, Belarusda – 2,4%, Ozarbayjonda – 2,2%, Rossiyada – 1,1%ni tashkil etadi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda, resurslarni qishloq xoʻjaligi kabi kam unimdor tarmoqlardan resurslarni elektronika va mashinasozlik kabi yanada samaraliroq tarmoqlarga yoʻnaltirmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi