Navro'z bayrami Tailandda keng tantana qilindi

BANGKOK, 7-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasida Navro'z bayramiga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo AA" muxbiri.
Unda Tailand ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ishbilarmon doira vakillari hamda faol vatandoshlar qatnashdi.
Bayram tadbirida so'zga chiqqan mamlakatimiz diplomatlari yig'ilganlarni Navro'z bilan muborakbod etib, yangilanish va yasharish ayyomining o'zbek xalqi tarixi, madaniyati va milliy qadriyatlarida tutgan o'rni haqida so'zlab berildi.
Navro'z insonlarni birlashtiruvchi bayram ekanligi, u nafaqat milliy an'analarimizni asrash, balki turli millat va elat vakillarini bir maqsad atrofida jipslashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Bunday bayramlarni turli xalqlar bilan birgalikda nishonlash, dunyoda tinchlik va do'stlikni mustahkamlashga, shu jumladan Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi qayd etildi. Shuningdek, ishtirokchilar Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, turli loyihalar va dasturlar bilan tanishdilar.
Tadbir yakunida yig'ilganlar uchun bayram dasturxoni yozilib, o'zbek milliy taomlari tortiq etildi.