Myanma hududida roʻy bergan kuchli zilzila yuzasidan hamdardlik
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Myanma hududida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jabrlangani, jiddiy talofotlar koʻrilgani munosabati bilan Myanma Ittifoqi Respublikasi Davlat boshqaruvi kengashi raisi General Min Aung Hlaingga hamdardlik maktubi yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari ushbu ogʻir va musibatli damlarda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga, Myanma xalqiga chuqur taʼziya va hamdardlik izhor etdi.