Tailanddan munosabat: O'zbekiston Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikni jadallashtirishga tayyor

BANGKOK, 8-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Tailanddagi faxriy konsuli va "B.H.I. Holding Public Co., Ltd" kompaniyasi direktori Napa Chamikorn "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-5 fevral kunlari Malayziyaga buyurgan rasmiy tashrifi haqidagi fikrlarini bildirdi:
– Tashrif doirasida imzolangan kelishuvlar O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishga sodiqligini yaqqol namoyon etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari O'zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanidan dalolat beradi. Ushbu sheriklik, xususan Tailand biznesi uchun O'zbekiston bozorini o'rganish va kirib borish uchun noyob imkoniyat yaratadi, deb hisoblayman.
Mahsulotlarning "halol" standartlariga muvofiqligini baholash bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi kelishuv, ayniqsa, tailandlik ishlab chiqaruvchilarga "halol" mahsulotlarni O'zbekiston va boshqa mintaqaviy bozorlarga eksport qilish yo'lini ochadi. Bu, ayniqsa, Tailand "halol" mahsulotlarning yirik ishlab chiqaruvchisi sifatidagi obro'sini hisobga olgan holda, yanada rivojlanish uchun muhim sohadir.
Men Tailand tadbirkorlarini to'g'ridan-to'g'ri biznes aloqalarini yo'lga qo'yish va qishloq xo'jaligi, texnologiya va turizm sohalarida qo'shma korxonalar yaratish imkoniyatlarini o'rganishga chorlayman.
Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun har ikki davlat manfaatdor tomonlarini birlashtirgan savdo missiyalari va biznes-forumlarni tashkil etish bo'yicha vazifalarimizni kuchaytirishimiz kerak. Bunday tashabbuslar o'zaro hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlab, iqtisodiy sheriklik uchun zamin yaratadi.