Tashqi ishlar vazirining Yangi yil tabrigi
Aziz do‘stlar!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yangi yil sizlarga sihat-salomatlik, baxt, xonadonlaringizga farovonlik va barcha boshlagan ishlarda muvaffaqiyat keltirsin.
Ishonchimiz komilki, bu yil ham quvonchli voqealar, yorqin yutuqlar va eng ezgu niyatlaringizning amalga oshishi bilan yodingizda qoladi.
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Baxtiyor Saidov,
O‘zbekiston Respublikasi
tashqi ishlar vaziri