Oʻzbekiston yashil energetikani rivojlantirishni ragʻbatlantirmoqda
Oxirgi 6-7 yilda Oʻzbekistonda “yashil” iqtisodiyot, xususan, “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish boʻyicha dadil qadam tashlandi.
Soʻnggi 5-6 yil ichida umumiy quvvati 20 630 megavattga teng boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalari (quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati – 7 ming 630 megavatt va shamol elektr stansiyalar quvvati – 13000 megavattni tashkil qiladi)ni qurish boʻyicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 38 ta bitim imzolandi. Ushbu loyihalarning roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan 29 ta qaror imzolandi.
Jumladan, umumiy quvvati 1700 megavattga teng boʻlgan 7 ta quyosh fotoelektr, umumiy quvvati 900 megavattga teng boʻlgan 3 ta shamol elektr stansiyasi loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda.
Mazkur investitsiya loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, “Tepelen Group AG”, va “Solar Power Shine”, Fransiyaning “Total Eren”, “Voltalia”, Xitoyning “Gezhouba Overseas Investment Group”, “China Datang Overseas Investment” hamda “Universal Energy” kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 21 mlrd 121 mln AQSH dollarini tashkil etib, ularning barchasi xorijiy kompaniyalar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga bajariladi.
Olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida bugungi kunda 7 ta viloyatda umumiy quvvati 2,7 GVt boʻlgan 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida Oʻzbekistondagi ilk 100 megavatt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Xuddi shuningdek, 2022 yilning may oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ikkinchi 100 megavatt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyat boshladi.
2023-yil dekabr oyida Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida 220 megavatt quvvatli quyosh, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida 200 megavatt, 2024-yil 2-may kuni yana 100 megavatt quvvatli quyosh, Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 2023-yil dekabr oyida 200 megavatt, 2024-yil 2-may kuni yana 100 megavatt quvvatli quyosh, 2023-yil dekabr oyida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 457 megavatt quvvatli va 2024-yil 2-may kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida umumi quvvati 200 megavatt boʻlgan quyosh ishga tushirilgan.
Ushbu ishga tushirilgan “yashil” elektr stansiyalar orqali
3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
2024-yil 30-avgust kuni holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 3 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Aytish joizki, shu paytgacha quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 677,8 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 322,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
➖ 983,3 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
➖ atmosferaga 1 mln 291,1 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Mazkur hajmdagi elektr energiyasi 1 mnn 875 mingta xonadonning 8 oylik yoki 1 mln 250 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi.
Ushbu koʻrsatkichlar yil yakuniga qadar mazkur elektr stansiyalar va yangi generatsiya quvvatlari (“yashil” stansiyalar) hisobidan 5 mlrd 740 mln kVt⋅soatga yetishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2024-yilda umumiy quvvati 2600 megavatt boʻlgan 10 ta, jumladan, Navoiy viloyatining Tomdi, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlarida, qolaversa, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida ham quyosh hamda shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi.
2025-yilda Buxoro viloyatining Qorovulbozor, Peshku, Gʻijduvon va Olot tumanlarida umumiy quvvati 3 ming 150 megavattga teng boʻlgan 7 ta quyosh va shamol hamda 2030-yilgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy quvvati 9 ming 300 megavattga teng boʻlgan 9 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Taʼkidlash kerakki, tizimli ishlar natijasida 2026-yilga borib, Oʻzbekistonda umumiy quvvati 5000 megavatt, 2030-yilga borib esa 18000 megavattdan ortiq boʻlgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ish boshlaydi.
Mazkur “yashil” loyihalar ishga tushirilgach, 2030-yilga borib yiliga yiliga 50 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratilib, buning natijasida yiliga qariyb 15 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Bundan tashqari atmosferaga 21 mln tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi. Bu 2030-yilga borib, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga toʻgʻri keladi, degani.
2021-yildan boshlab Oʻzbekiston tarixida birinchi marta aholi xonadonida oʻrnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Iyul oyida quyosh panel oʻrnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 nafar fuqaroga 1 mlrd 399 mln 564 ming soʻm toʻlab berildi
Joriy yilning yanvar — iyul oylari davomida 4 ming 986 nafar jismoniy shaxs oʻz xonadonida oʻrnatilgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarib, isteʼmoldan ortgan 4 mln 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan.
Har bir kVt⋅soat elektr energiyasi 1000 soʻmdan sotib olinadigan ushbu hajm jami 4 mlrd 815 mln 922 ming soʻmni tashkil qilgan va tegishli summa Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq” mobil ilovasi orqali yuqoridagi fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib berilgan.
Birgina iyul oyida quyosh panel oʻrnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining isteʼmoldan ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 ta xonadonga 1 mlrd 399 mln 564 ming soʻm toʻlab berilgan. Mazkur subsidiya mablagʻlari soliq organlari tomonidan har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar (iyul oyining subsidiyasi 25-avgustgacha) fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.
Jismoniy shaxslarning quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini onlayn sotib olishlari uchun platforma – https://energymarket.uz/ ishga tushirildi.
Ushbu qurilmalarni ikki xil usulda xarid qilish mumkin. Birinchisi, 3 yil muddatda foizsiz (0%) boʻlib-boʻlib toʻlagan holda. Toʻliq sotib olganda esa isteʼmolchiga quvvatiga qarab davlat tomonidan kompensatsiya beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Matbuot xizmati