Tailand, Kambodja, Laos va Myanmadagi yurtdoshlarimiz ham saylovda ishtirok etyapti
BANGKOK, 27-oktabr. /"Dunyo" AA/. Yurtimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi huzurida tashkil qilingan saylov uchastkasida O'zbekiston parlamenti saylovida ovoz berish jarayoni qizg'in kechyapti, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda Tailand, Kambodja, Laos va Myanma hududidagi O'zbekiston fuqarolari o'zlarining xohish-istaklarini emin erkin bildiryaptilar.
Mahalliy vaqt bilan 13.00 holatiga ko'ra, 62 nafar yurtdoshimiz ovoz berish huquqidan foydalandi.
Ovoz berish jarayoni qizg'in davom etyapti.