O'zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi huzurida tashkil etilgan saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
BANGKOK, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. Bugun Tailand poytaxtidagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkasida 09.00 O'zbekiston parlamenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Bangkok shahridagi saylov uchastkasiga ovoz berishga kelayotgan yurtdoshlarimiz uchun Saylov uchastkasida barcha sharoitlar yaratilgan, siyosiy partiyalar va ularning saylovoldi dasturlari haqidagi materiallar bilan tanishish imkoniyati mavjud.