CNN: Markaziy Osiyoning marvaridi bo‘lgan O‘zbekiston nimalarga boy
AQShning “Cable News Network” (CNN) media-kompaniyasi mamlakatimizning turistik salohiyati to‘g‘risida maqola chop etdi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
CNN dunyo bo‘ylab efirga uzatiladigan yangiliklar tayyorlash va tarqatishda yetakchi hisoblanadi.
E’tiborga loyiqki, ushbu material so‘nggi bir oy ichida CNNning mamlakatimiz haqidagi ikkinchi nashri bo‘lib, u O‘zbekistonning turistik salohiyati, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy merosi, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy me’morchiligiga bag‘ishlangan.