Oʻzbekiston kuchli ijtimoiy siyosatni rivojlantirish yoʻlida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dinamikasiga mos ravishda aholini ijtimoiy qilish, samarali ijtimoiy himoya siyosatini yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yangilangan Konstitutsiyamizda ilk bor Oʻzbekiston “ijtimoiy davlat”, deb eʼlon qilindi. Soʻnggi yillarda aholi uchun ajratilgan ijtimoiy yordam koʻlami 5 barobarga oshirilib, 2 milliondan ortiq oila ushbu ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olindi.
“Ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga doir huquq va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
Agentlik oʻz faoliyatini boshlagan ilk kunlardan boshlab ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish orqali kuchli ijtimoiy qonunchilik bazasini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2023-yil 1-iyundan – 2024-yil fevraliga qadar 21 ta qonunchilik hujjatlari, jumladan, 2 ta Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni va 5 ta qarori, 11 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari qarorlari qabul qilingan.
Mahalla darajasida ijtimoiy siyosatini amalga oshirish borasida:
Qabul qilingan nrmativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan, shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarni mahalla darajasiga tushirilshini taʼminlash maqsadida 208 ta tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — Inson markazi tashkil etildi.
Joylarda ijtimoiy xodim va uning assistenti faoliyati takomillashtirilib, har bir mahalladagi oila soni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarini inobatga olgan holda ijtimoiy xodimlar “hudud – uchastka – mahalla” tamoyili asosida biriktirildi.
Ijtimoiy xodimlar va ularning assistentlarini tizimli ravishda malaksini oshirish maqsadida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan “E-learning” onlayn taʼlim platformasi ishga tushirilgan. Mazkur platforma va ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha taʼlim dasturlari BMTning UNICEF, UNFPA tashkilotlari, AQSHning Syracuse University va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
“Inson” markazi va ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari kengaytilib, qoʻshimcha 23 taga yoki jami 49 ta hamda ariza kiritish orqali xizmat koʻrsatish soni 9 taga oshirilib jami 18 taga yetkazildi.
Sohani raqamlashtirish maqsadida 29 ta vazirlik idoralarning
74 turdagi axborotlarni qayta ishlashga moʻljallangan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” AT va uning tarkibida Ijtimoiy ish elektron moduli (E-case) sinov tariqasida ishga tushirildi.
Mahalla darajasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar berish tizimi yaratildi.
Ijtimoiy ish elektron moduli (E-case) orqali 14 926 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning hayotiy vaziyati kompleks yondashuv asosida oʻrganish uchun keys ochildi. Ijtimoiy xodimlar tomonidan uyma-uy yurish orqali 12 841 ta oilaning ehtiyojlari birlamchi hamda 1 811 nafar oilaning ehtiyojlari komlpeks baholandi.
Bunda, har bir oila boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejalar doirasida jami 86 540 ta ijtimoiy xizmatlar va yordamlar shakllantirildi (ijtimoiy, huquqiy, psixologik, kasbiy va b.).
Ehtiyojmand aholini turmush tarzini yaxshilash va
ularga ijtimoiy yordam berish borasida:
2021-yilda Oʻzbekistonda ilk bor kambagʻallik tushunchasining huquqiy asoslari belgilab olindi. Unga koʻra, aholining minimal ijtimoiy standartlari va kambagʻallik chegarasi belgilanib, respublikada kambagʻallik darajasi aniqlandi. Kam taʼminlangan oilalarga 2021-yildan boshlab Ijtimoiy himoya yagona reestri orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi toʻliq yoʻlga qoʻyildi.
Bunda, tizimiga 16 ta vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan 56 turdagi maʼlumotlar elektron olinmoqda. Bu esa tizim faoliyati shaffofligini taʼminlash imkoniyatini berdi.
2023-yil sentyabr oyidan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali xususiy sektorda band boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini proaktiv shaklda tayinlash va toʻlash yoʻlga qoʻyildi.
2022-yilning avgust oyida Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etildi va uning hisobidan ayollarga “dekret” homiladorlik va tugʻruq taʼtili pullarini toʻlab berish yoʻlga qoʻyildi;
(2023-yilda Respublika byudjeti mablagʻlari doirasida jamgʻarma xarajatlari uchun 300 mlrd soʻm ajratilgan)
Shuningdek, Prezident qarori asosida ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tajribasi joriy etildi.
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan yordamlar fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni ogʻir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan mahalla “yettiligi”ga koʻrib chiqish belgilandi.
Ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi uchun “mahalla yettiligi” masʼul va javobgar boʻldi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish borasida ham qator ishlar qilinmoqda.
Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston 2021-yil 7-iyun kuni BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.
Mazkur Konvensiya qoidalarini amaliyotga tatbiq qilinishi taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Kengashlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha 2023–2025-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi tasdiqlangan.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va koʻrikdan oʻtkazish jarayonlari “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida amalga oshirilishi taʼminlanmoqda hamda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyati raqamlashtirilmoqda.
Shuningdek, Xalqaro ekspert va mutaxassislar, jumladan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi (GIZ) bilan hamkorlikda nogironlikni belgilashning samarali mexanizmlarini joriy etish choralari koʻrilmoqda. Xususan, nogironlikni hayot faoliyatining cheklanganligi darajasiga qarab emas, balki shaxsnig kundalik hayotdagi faolligi va ishtiroki (funksionalligi) hamda sogʻligʻining holatini baholash natijalari asosida elektron tarzda belgilash tartibi ishlab chiqilmoqd.
Oʻzbekistonda 2023-yil davomida 41 071 nafar muhtoj shaxslar 14 627 dona protez moslamalari va 33 021 dona reabilitasya vositalari bilan taʼminlandi. Joriy yilda 391 ta zamonaviy protez-ortopediya buyumlari (58 dona oyoq apparati, 146 dona son protezi va 187 dona boldir protezi) xarid qilinib, muhtoj shaxslarga topshirilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalaridagi zaif eshituvchi bolalar uchun 700 dona zamonaviy eshitish moslamalari xarid qilindi. Respublikada protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash mexanizmlarini soddalashtirishga qaratilgan qaror qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan 2024-yil 1-maydan Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-avgustdan respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlash tartibi ishga tushirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining turlari 18 tadan 30 taga kengaytirildi.
Shu bilan birga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining xaridi uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlarning miqdorini oʻrtacha uch baravargacha, ayrimlari boʻyicha esa oʻn baravargacha oshirildi.
Bugungi kunda 12 ta jami 975 oʻrinli Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlari faoliyat yuritib, ularda har yili oʻrtacha 27 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxslar statsionar sharoitda bepul reabilitatsiya tadbirlarini olishadi.
2023-yilda jami 4468 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga protez mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalaridan foydalanishga oʻrgatilgan. 15,3 ming nafariga psixologik xizmatlar, 6,5 ming nafariga huquqiy yordam va maslahatlar, 15,5 ming nafariga oilaviy turmush adaptatsiyasi, 12,0 ming nafariga ijtimoiy muxitga oriyentatsiyalash xizmatlari koʻrsatilgan.
Xotin-qizlarni ijtiomiy himoya qilish borasida:
2022-yilning sentyabr oyidan boshlab xususiy sektorda band boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini minimal isteʼmol xarajatlarining miqdoridan kelib chiqib byudjet mablagʻlaridan toʻlab berish tartibi yoʻlga qoʻyildi
Bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobidan toʻlov-kontrakt pullarini toʻlab berish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, davlat oliy taʼlim muassasasida magistratura bosqichida tahsil oladigan xotin-qizlarga toʻlov-kontrakt mablagʻlarini qaytarish shartisiz Davlat byudjeti hisobidan toʻlab berish tartibi joriy etildi.
2023-yilda davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 14 269 nafar magistratura bosqichida taʼlim oladigan xotin-qizlarga 85,1 mlrd soʻm mablagʻ toʻlandi. Davlat byudjetidan mazkur maqsadlar uchun 200 mlrd soʻm ajratilgan.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni koʻrsatish borasida:
Tegishli qarorlar bilan oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsni aniqlash, ularni muhtojlik darajasini baholash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj toifasiga kiritish va tegishli Reestrga kiritish toʻliq raqamlashtirildi. Natijada, shaxsni oʻzgalar parvarishiga muhtoj tofiasini belgilash va tegishli Reestrga kiritish muddati 41 kundan 5 ish kunigacha qisqardi, shaxs tomonidan hujjatlar toʻplash va tekshirish uchun taqdim etish amaliyoti butunlay bekor qilindi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keks keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan moddiy yordam unifikatsiya qilindi. Xususan, har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qoʻshimcha pul toʻlovlari oʻrniga yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etildi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda parvarishlash xizmatini koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim assistentlari ish faoliyati qayta koʻrib chiqilib, ularning “soatbay” ish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Endilikda, ijtimoy xodim assistentiga oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga koʻrsatilgan xizmatlar soati boʻyicha oylik maosh toʻlanadi.
Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs hamda ularni kuzatuvchi shaxslarga davlat sport tadbirlariga, teatrlarga va muzeylarga bepul kirish tartibi joriy qilindi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yoki yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar Inson markazi)yoʻllanmalariga asosan davlat mulkida boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida tashkil etilgan sport toʻgaraklarida bepul shugʻullanish imkoniyati yaratildi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsning muhtojlik darajasi va unga koʻrsatilayotgan xizmatlar samaradorligini doimiy monitoring qilish tizimi joriy etildi. Endilikda, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs Reestrga kiritilgan paytdan boshlab har chorakda bir marotaba uning yashash sharoitlari qayta baholab boriladi hamda har olti oyda bir marotaba koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi monitoring qilinadi.
Qayta baholash va monitoring natijasi boʻyicha oʻzgalra parvarishiga muhtoj shaxsga koʻrsatilayotgan xizmatlar korreksiya qilib boriladi.
Bundan tashqari, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi, ularning ehtiyojidan kelib chiqib, axborottizimida avtomatik shakllantiriladi va mazkur rejani bajarilishini ijtimoiy xodimlar va Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Call markazi” tomonidan soʻrovnoma oʻtkazish orqali monitoring qilinadi.
Taʼkidlash joizki, joriy iylning 1-2 may kunlari “Oʻzekspomarkaz”da “Inson uchun” nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 1-respublika koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada 200 ga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirok etadi. Unda mebel, toʻqimachilik, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar namoyish etiladi.
Koʻrgazma namoyishiga 5 mingga yaqin yurtdoshlarimiz va xorijiy mehmonlar tashrif buyurib, tadbir ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, mashhur sanʼatkorlar va blogerlar tomonidan jonli efirda yoritib borildi.
Tadbir doirasida vazirlik, idora, yirik davlat korxonalari, tadbirkorlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar ishlovchi korxonalar oʻrtasida 900 ga yaqin 440 mlrd soʻmlik xoʻjalik shartnomalari imzolandi.
Shu bilan birga, koʻrgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan nogironligi boʻlgan hunarmandlarning 300 mln soʻmlik mahsulotlarining chakana savdosi amalga oshirildi.
Shuningdek, koʻrgazmada “Sharoit plyus” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan 14 ta korxona tomonidan boʻsh ish oʻrinlari
va 12 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashtirish boʻyicha murojaatlari rasmiylashtirildi.
Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlarning keyingi sahifalari:
Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sohasiga xususiy sektor, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ishtirokini kengaytirish, xususan, yolgʻiz yashayotgan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish jarayonlariga nodavlat tashkilotlar va xususiy sektorni kenga jalb chiqlish choralarini koʻrish;
Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish va takomillashtirish.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali oilalarni kam taʼminlanganligini baholashning qoʻshimcha mezonlarini ishlab chiqish, aholining barcha qatlamlarini ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olish.
Ijtimoiy himoya dasturlarining samaradorligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan toifalari bilan individual ishlash tizimining samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy himoya tizimini toʻliq raqamlashtirish orqali ularning ochiqligi va shaffofligini taʼminalash.
Respublikada ijtimoiy himoya siyosatini mustahkamlash maqsadida olib borilayotgan islohotlar bilan xalqaro hamjamiyatni eʼtirof etish maqsadida 2025-yilda Oʻzbekistonda BMT shafeligida oliy darajadagi “Ijtimoiy himoya: barqaror rivojlanish va tenglik sari yoʻl” mavzusida xalqaro konferensiyasini oʻtkazish.
Aholini ijtimoiy sugʻurta tizimiga jalb qilish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish orqali kafolatlangan ijtimoiy himoya tizimning qamrovi va samaradorligini oshirish.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, Oʻzbekiston kuchli ijtimoiy siyosatni rivojlantirish yoʻlida amalga oshirayotgan islohotlari hamda amaliy ishlari respublikada professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilib aholini koʻmakka muhtoj qatlamining ijtimoiylashuvini taʼminlash, ijtimoiy himoyani mahalla darajasida ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashib yordam koʻrsatish imkoniyatini yaratadi.