“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo'lib o‘tishi haqida PRESS-RELIZ
YUNESKO shafeligida 26-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.
“Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo‘lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 26-30-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida dunyoning 70 ga yaqin (1-avgust holatida 62 ta davlat festivalda ishtirok etish xohishini bildirgan, ayni kunlarda festivalda qatnashish uchun arizalar kelishi davom etmoqda) mamlakatlaridan 300 nafardan ziyod vakil qatnashishi kutilmoqda.
Bugunga kelib “Sharq taronalari” nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi. Buning yorqin misolini yildan-yilga qatnashchilar va festivalda qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar sonining oshishida, dastur saviyasining yuqorilab borayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.
“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida quyidagi dastur asosida ish olib borish rejalashtirilgan:
26–avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda musiqashunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant va magistrantlar ishtirok etishlari kutilmoqda.
27-28-29-avgust kunlari (soat 19:00da) “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
Ma’lumot uchun. ( 354-сон 25.04.2019. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (lex.uz))
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Xalqaro hay’at tuziladi.
Xalqaro hay’atga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san’at festivallari tashkilotlarining vakillari taklif etiladi.
Baholash jarayonida qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi.
Tanlovda chiqish uchun tarkibi 12 nafar musiqachidan ko‘p bo‘lmagan cholg‘u ansambli jonli tarzda jo‘r bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:
professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qo‘shiq yo‘nalishi;
zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilgan musiqa va qo‘shiq yo‘nalishi.
Tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Gran-pri” — 10 000 AQSH dollari;
I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSH dollari;
II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSH dollari;
III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSH dollari;
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq munosib nomzod topilmaganda “Gran-pri” berilmaydi.
Xalqaro hay’at qaroriga muvofiq faqatgina “Gran-pri” mukofoti bo‘linmaydi, I, II va III o‘rinlar pul mukofotlari bo‘linishi mumkin.
Tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali diplomanti diplomi beriladi.
Tanlov sovrindorlari “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi konsert dasturida qatnashishlari lozim.
Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Festivalning har bir qatnashchisiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali faol ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Eslatma: Tanlovda sovrindor (laureat) bo‘lgan ishtirokchilar keyingi yillarda o‘tkaziladigan ushbu tanlovda ishtirok etolmaydi, faxriy mehmon sifatida festivalga taklif etilishi mumkin. Tanlovda qatnashib, o‘rin egallamagan ishtirokchi keyingi tanlovda qatnashish huquqiga ega.
30-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda, g‘oliblar e’lon qilinib taqdirlanadi.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 1997-yildan 2019-yilga qadar g‘oliblar (I va XII festivallar) roʻyxati
"Sharq taronalari" I xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 1997-yil |
|||
Egallagan oʻrni |
Ismi-familiyasi |
Qaysi davlatdan |
Mukofotlar (AQSH $) |
Gran pri |
Simara Imanova |
Ozarbayjon |
10.000 |
1-oʻrin |
Munojat Yo'lchiyeva |
O'zbekiston |
5000 |
Shannu Khurana |
Hindiston |
5000 |
|
2-oʻrin |
Se Liin |
Xitoy |
3500 |
Shahrom Noziriy |
Eron |
3500 |
|
3-oʻrin |
Aleksandr Samojikov |
Rossiya |
2000 |
B.Ganbat |
Moʻgʻuliston |
2000 |
|
Ramazan Stamgaziyev |
Qozogʻiston |
2000 |
|
Hakamlarning maxsus sovrini |
Turkmaniston musiqiy guruhi |
"Neksiya" avtomobili |
|
Misr milliy musiqa ansambli |
|||
YUNESKO sovrini |
Afgʻoniston musiqiy guruhi |
||
"Sharq taronalari" II xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 1999-yil |
|||
Gran pri |
Nasiba Sattorova |
Oʻzbekiston |
10.000 |
1-oʻrin |
Muhammad Omon |
Saudiya Arabistoni |
7000 |
Yun Kong Son |
Koreya |
7000 |
|
2-oʻrin |
“Lashari” ansambli |
Gruziya |
5000 |
Jaspinder Narula Xonim |
Hindiston |
5000 |
|
3-oʻrin |
Olim Boboyev |
Tojikiston |
2000 |
Ustod Ali Hamidxon |
Pokiston |
2000 |
|
"Sharq taronalari" III xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2001-yil |
|||
Gran pri |
- |
- |
- |
1-oʻrin |
Alim Gasimov |
Ozarbayjon |
7000 |
Sohibjon Niyozov |
Oʻzbekiston |
7000 |
|
Abdunabi Ibrohimov |
Oʻzbekiston |
7000 |
|
2-oʻrin |
“Lashari” ansambli |
Gruziya |
5000 |
Madkhushri Ramsonder Badaltjavhariy |
Hindiston |
5000 |
|
3-oʻrin |
Milliy musiqa ansambli |
Gretsiya |
3000 |
Nohide Tokguz |
Turkiya |
3000 |
|
YUNESKO sovrini |
"Altay" guruhi |
Rossiya |
1000 |
"Музыканты" guruhi |
Qirgʻiziston |
1000 |
|
Festival tashkiliy qoʻmitasi sovrini |
"Angan al-Shabab" |
Misr |
Maxsus mukofot |
"Sharq taronalari" IV xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2003-yil |
|||
Gran pri |
"Uranhay” ansambli |
Rossiya (Tuva Respublikasi) |
10.000 |
1-oʻrin |
Dilnura Mirzaqulova |
Oʻzbekiston |
7000 |
Fozil Jamshidiy |
Eron |
7000 |
|
2-oʻrin |
Ozoda Ashurova |
Tojikiston |
5000 |
Zabit Nabizade |
Ozarbayjon |
5000 |
|
3-oʻrin |
Milliy musiqiy ansambl |
Afgʻoniston |
3000 |
An'anaviy musiqiy ansambl |
Bangladesh |
3000 |
|
YUNESKO sovrini |
Abduhoshim Ismoilov |
Oʻzbekiston |
1000 |
Musiqiy ansambl |
Hindiston |
1000 |
|
Roman Kehman |
Isroil |
1000 |
|
"Sharq taronalari" V xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2005-yil |
|||
Gran pri |
- |
- |
- |
1-oʻrin |
Aygun Biylar |
Ozarbayjon |
7000 |
Nodira Pirmatova |
O'zbekiston |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Viulan" guruhi |
Italiya |
5000 |
Quvayt musiqa akademiyasi torli cholg'ular ansambli |
Quvayt |
5000 |
|
Urna Chahar Tuhchi |
Moʻgʻuliston |
5000 |
|
3-oʻrin |
Koreys musiqiy guruhi |
Janubiy Koreya |
3000 |
Shilpakala Akademiyasi musiqiy guruhi |
Bangladesh |
3000 |
|
"Nazaret" orkestri |
Isroil |
3000 |
|
Hakamlarning maxsus sovrini |
Milliy musiqa ansambli |
Misr |
2000 |
YUNESKO maxsus sovrini |
Xanif Nabizoda |
Afgʻoniston |
1500 |
"Sharq taronalari" VI xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2007-yil |
|||
Gran pri |
Quvayt musiqa instituti guruhi |
Quvayt |
10.000 |
1-oʻrin |
Janubiy Koreya musiqa instituti guruhi |
Janubiy Koreya |
7000 |
2-oʻrin |
"An-Nil" milliy musiqa cholg'ulari guruhi |
Misr |
5000 |
Musiqa guruhi |
Italiya |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Ratang" guruhi |
Keniya |
3000 |
"Seri Maharani Gazal" guruhi |
Malayziya |
3000 |
|
Xitoy milliy yoshlar markazi guruhi |
Xitoy |
3000 |
|
YUNESKO sovrini |
Eng yosh ishtirokchi Arzu Aliyeva |
Ozarbayjon |
2000 |
"Sharq taronalari" VII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2009-yil |
|||
Gran pri |
Turkmanistonda xizmat ko'rsatgan artist Lale Begnazarova |
Turkmaniston |
10.000 |
1-oʻrin |
Gochag Askerov |
Ozarbayjon |
7000 |
O'zbekiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva va xalq cholg'ulari ansambli |
Oʻzbekiston |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Vinalog" rok-pop guruhi |
Janubiy Koreya |
5000 |
"Shem Tov Levi" ansambli |
Isroil |
5000 |
|
3-oʻrin |
Davlat musiqiy san'at instituti xalq cholg'ulari ansambli |
Quvayt |
3000 |
Laura Molika |
Italiya |
3000 |
|
Hakamlarning maxsus sovrini |
"Kunsu" operasi artistlari |
Xitoy |
|
"Borte" guruhi |
Moʻgʻuliston |
||
"Big Mountain" guruhi |
AQSh |
||
Musiqiy guruh |
Hindiston |
||
"Shilpakala" musiqiy akademiyasi milliy ansambli |
Bangladesh |
||
"Sharq taronalari" VIII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2011-yil |
|||
Gran pri |
"Park Jong-Vuk va Park Jonguk" |
Janubiy Koreya |
10.000 |
1-oʻrin |
"Dunhuang nude vords" |
Xitoy |
7000 |
"Aysva" |
Litva |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Lider" musiqiy guruhi |
Rossiya |
5000 |
"Sato" musiqiy guruhi |
Oʻzbekiston |
5000 |
|
"Ovoi mehriboni" musiqiy guruhi |
Eron |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Talilema" |
Madagaskar |
3000 |
"Chvenburebi" |
Gruziya |
3000 |
|
"Galkinish" guruhi |
Turkmaniston |
3000 |
|
YUNESKOning maxsus sovrini |
Ilyos Arabov |
Oʻzbekiston |
|
Jivan Gasparyan |
Armaniston |
||
Nazeket Teymurova |
Ozarbayjon |
||
Milliy musiqa rivojiga qo'shgan hissasi uchun |
"Huk Mongol" |
Moʻgʻuliston |
|
"Dror" |
Isroil |
||
"Yorqin ijrolar" |
|||
"Varsi brazers" |
Hindiston |
||
Muxlislar e'tirofi |
"Hidden Dragen" |
Yaponiya |
|
Samarqand shahar hokimiyatining "Samarqand" mukofoti |
Afgʻoniston san'at instituti jamoasi |
||
Samarqand viloyat hokimiyatining "Registon" mukofoti |
Xurshed Ibragimov |
Tojikiston |
|
Hakamlar hay'atining maxsus mukofoti |
"Bogʻ aro" |
Oʻzbekiston |
|
"Sharq taronalari" IX xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2013-yil |
|||
Gran pri |
Rashmiya Agarval |
Hindiston |
10.000 |
1-oʻrin |
"Sadoi Pamir" guruhi |
Afgʻoniston |
7000 |
"Lanaya" guruhi |
Burkino Faso |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Pentan" guruhi |
Buyuk Britaniya |
5000 |
"Sarihyun Gayageum Byungchangdan" guruhi |
Koreya Respublikasi |
5000 |
|
Milliy opera va drama teatri jamoasi |
Xitoy |
5000 |
|
3-oʻrin |
Abror Zufarov |
Oʻzbekiston |
3000 |
"Chikuyusha" guruhi |
Yaponiya |
3000 |
|
Catch-pop String-strong |
Avstriya |
3000 |
|
Maxsus mukofot sovrindorlari |
Sanam Marvi |
Pokiston |
|
Galit Giat |
Isroil |
||
Taul Triini |
Estoniya |
||
Nadi Singapura |
Singapur |
||
Salomat Ayapov |
Qoraqalpog'iston |
||
Sedar Hills |
AQSh |
||
"Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2015-yil |
|||
Gran pri |
"Jiangsu" ayollar orkestri |
Xitoy |
10.000 |
1-oʻrin |
"Shamisenʼ guruhi |
Yaponiya |
7000 |
2-oʻrin |
Chelm |
Polsha |
5000 |
Silver Sepp |
Estoniya |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Quelite" |
Kosta-Rika |
3000 |
YUNESKOning maxsus sovrini |
"Ayqulash yulduzlari" |
Oʻzbekiston |
1500 |
Samarqand shahar hokimiyatining mukofoti |
Didgori |
Gruziya |
|
Samarqand viloyat hokimiyatining mukofoti |
"EVA" ansambli |
Bolgariya |
|
Hakamlar hay'atining maxsus mukofoti |
Afrika ovozlari |
JAR |
|
"Sharq taronalari" Festival Direksiyasi mukofoti |
Birjan Baziljanov |
Qozogʻiston |
|
Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi mukofoti |
"Sedaa" |
Moʻgʻuliston |
|
Maxsus mukofotlar |
Pung Ryu |
Koreya Respublikasi |
|
Lingua Franca ansambli |
Gretsiya, Kipr |
||
"Baxshi" triosi |
Turkmaniston |
||
"Laus Nova" guruhi |
Italiya |
||
Yulduz Turdiyeva |
O'zbekiston |
||
"Buta" jamoasi |
Ozarbayjon |
||
Ucell Aloqa kompaniyasining maxsus mukofoti |
Modern Maori Quartet |
Yangi Zenlandiya |
|
"Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2017-yil |
|||
Gran pri |
Sohib Poshazoda |
Ozarbayjon |
10.000 |
1-oʻrin |
Mohichehra Shomurodova |
Oʻzbekiston |
7000 |
"Keosong" xalq badiiy jamoasi |
Janubiy Koreya |
7000 |
|
2-oʻrin |
Qirgʻiz badiiy jamoasi |
Qirgʻiziston |
5000 |
Litva badiiy jamoasi |
Litva |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Nagesh" badiiy jamoasi |
Eron |
3000 |
Indonez badiiy jamoasi |
Indoneziya |
3000 |
|
Turk badiiy jamoasi |
Turkiya |
3000 |
|
"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2019-yil |
|||
Gran pri |
Mehrinigor Abdurashidova |
Oʻzbekiston |
10.000 |
1-oʻrin |
"Qomuzchilar" dueti |
Qirgʻiziston |
5000 |
Parviz Gasimov |
Ozarbayjon |
5000 |
|
2-oʻrin |
"Archabil" guruhi |
Turkmaniston |
3500 |
"Xatan" guruhi |
Moʻgʻuliston |
3500 |
|
3-oʻrin |
"Ayarxan" guruhi |
Rossiya |
2000 |
"Badaxshon" guruhi |
Tojikiston |
2000 |
|
Azizjon Abduazimov |
Oʻzbekiston |
2000 |
|
Ulugʻbek Elmurodzoda |
Oʻzbekiston |
2000 |
Izoh: Madaniyat vazirligining https://t.me/madaniyatvazirligi rasmiy telegram sahifasida #Sharq_taronalari xeshtegi asosida qo‘shimcha m’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.