Yadro fizikasi instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
“Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan yadro fanlari va texnologiyalarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Yadro fizikasi instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Jumladan, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim instituti faoliyati samaradorligini taʼminlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir.
Qaror bilan Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha maqsadli dastur hamda 2020-2024-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi tasdiqlandi.
- 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab:
- Institut xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
- Institutda ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi fundamental tadqiqotlarning amalga oshirilishi toʻxtatiladi va boʻshagan byudjet mablagʻlari Institutni saqlash xarajatlarining moliyalashtirilishiga yoʻnaltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali