Tailandga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartibi haqida ma’lumot
Tailand Qirolligi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 31-martgacha bo‘lgan davrda mamlakatga kelgach viza oluvchi (Visa on Arrival) O‘zbekiston fuqarolarining Tailandda vaqtincha bo‘lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi, shuningdek, barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilindi.
O‘zbekiston fuqarolariga vizalar “Visa on Arrival” yozuvi mavjud bo‘lgan maxsus o‘tish yo‘laklarida beriladi, quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- pasport (Tailanddan ketish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);
- 4×6 sm hajmdagi 1 dona fotosurat, oq fonda (viza berilishidan kamida 6 oy oldin olingan bo‘lishi lozim, aeroport hududida ham 10 AQSH doll. ga rasmga tushish imkoniyati mavjud);
- qaytish aviachiptasining nusxasi;
- bir kishi uchun 2000 baht (taxminan 55 AQSH doll.) viza to‘lovi, to‘lov Tailand batida amalga oshiriladi;
- to‘ldirilgan viza anketasi, https://www.immigration.go.th/wp-content/uploads/simple-file-list2/form-download/1486544488315.pdf sayti orqali yuklab olish yoki aeroportga yetib kelganda to‘ldirish mumkin.
Shu bilan birga, immigratsiya nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilganligi to‘g‘risida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 000 Tailand bati (taxminan 550 AQSh doll.) mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Tailand Qirolligi (Bangkok shahri)dagi Bosh konsulxonasi:
Tel.: +6626753995, +6626753996.
Veb-sayt: http://bangkok.mfa.uz/
Facebook: https://www.facebook.com/uzconbangkok/.
Instagram: https://www.instagram.com/uzconbangkok/.
Twitter: https://twitter.com/uzconbangkok.