O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi

2022-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi va Tailand Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Tailand Qirolligi Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Don Pramudvinayga tabrik yo‘lladi.
Maktubda keyingi yillarda O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida turli sohalarda ham ikki tomonlama asosda, ham xalqaro tuzilmalar doirasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgani qayd etiladi.
Ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida davlatlararo aloqalarni yanada mustahkamlash uchun faol hamkorlik qilishga xayrixohlik bildirildi.