Fuqarolar diqqatiga!
Chet davlatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlarini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini saylovchilar ro’yxatiga kiritish imkonini beruvchi veb-sayt https://saylov.mfa.uz/site/index?language=uz ishga tushirilganini ma’lum qilamiz.
Mazkur veb-sayt orqali siz qaysi davlatdagi diplomatik vakolatxonamiz qoshidagi saylov uchastkasida ovoz berishini ma’lum qilishingiz mumkin.
Joriy yilning 9-oktabriga qadar saylovchilar ro‘yxatidan o‘tish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok eting hamda saylash huquqingizdan foydalaning!
O'zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi.