-
Italiya Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
2025-05-29 365Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
-
“Tashkent Law Spring” to‘rtinchi xalqaro yuridik forumi ishtirokchilariga
2025-05-29 271Avvalambor, sizlarni “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusidagi “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumining ochilishi bilan samimiy qutlayman.
Anjumanda jahonning nufuzli tashkilotlari va 40 dan ortiq davlatlaridan yuqori martabali delegatlar, yetakchi oliygohlar va “aql markazlari”ning taniqli olimlari va ekspertlari ishtirok etayotgani uning nufuzi va ahamiyati tobora oshib borayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.
-
Italiya Bosh vaziri Registon ansambli va "Boqiy shahar" majmuasi bilan tanishdi
2025-05-28 322Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘ldi.
-
24-26-iyun kunlari Toshkentda “MINEX Central Asia 2025” forumi boʻlib oʻtadi
2025-05-28 300Joriy yilning 24-26-iyun kunlari Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mezbonligida “MINEX Central Asia 2025” forumi boʻlib oʻtadi.
-
DAVLAT XIZMATI SOHASIDAGI GLOBAL HAMKORLIKNING MUHIM QADAMI
2025-05-26 314BMT Davlat xizmati forumi (United Nations Public Service Forum — UNPSF) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida oʻtkaziladigan xalqaro darajadagi tadbir boʻlib, davlat xizmati sohasida innovatsiya, samaradorlik va barqaror taraqqiyotni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Forumni BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti (UN DESA) tashkil qiladi. Forum barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun davlat xizmatini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish maqsadida 2003-yildan buyon oʻtkaziladi.
-
OʻZBEKISTON “BMT DAVLAT XIZMATI FORUMI” DOIRASIDA RAQAMLI ISLOHOTLARINI NAMOYISH ETADI
2025-05-26 681Bugun Oʻzbekistonda davlat xizmati sohasidagi islohotlar ijobiy dinamika koʻrsatmoqda. Raqamlashtirish, shaffoflik va professionalizmga qaratilgan tashabbuslar davlat fuqarolik xizmatining sifati oshishiga xizmat qilmoqda. 2025 yil 23-25 iyun kunlari BMT Davlat xizmati forumini (UN Public Service Forum 2025) Oʻzbekistonda tashkil etilishi ham bejiz emas. Forum oʻz missiyasidan tashqari Oʻzbekistonning davlat xizmati, elektron hukumat va raqamlashtirish sohasidagi yutuqlari va saʼy-harakatlarini dunyo hamjamiyatida tanitishni ham taʼminlaydi. Bu, Prezident Sh.M.Mirziyoyev boshqaruvidagi mustaqil mamlakat uchun ijobiy qadam.
-
BMT DAVLAT XIZMATI FORUMINING OʻZBEKISTONDA OʻTKAZILISHI — MAMLAKAT UCHUN TARIXIY VOQELIKDIR
2025-05-26 3532025-yilning 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi (UN Public Service Forum 2025) oʻtkaziladi. Ushbu nufuzli xalqaro tadbirning asosiy mavzusi — “2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish”. Forum BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etilmoqda. Forumning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi — mamlakat uchun sohadagi islohotlarini namoyish etish va baholash imkonini ham beradi.
-
BMT DAVLAT XIZMATI FORUMI: OʻZBEKISTONNING SOHADAGI ISLOHOTLARINI XALQARO MIQYOSDA NAMOYON ETISH IMKONINI BERADI
2025-05-26 270Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Asosiy maqsad — samarali, shaffof va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tizimini shakllantirishga yoʻnaltirildi. Mazkur sohadagi yutuqlar va salohiyat 2025-yil iyun oyida Samarqand shahrida oʻtkaziladigan BMT Davlat xizmati forumida namoyon boʻlishi kutilmoqda. Ushbu Forum Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etiladi va bu mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega. Forumning Oʻzbekistonda oʻtkazilishi — BMTning Oʻzbekiston bilan davlat xizmati sohasida shakllanayotgan mustahkam hamkorligining amaldagi namunasidir.
-
O‘zbekiston va Sloveniya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi
2025-05-22 313O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lyublyana shahriga tashrif doirasida Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan birgalikda qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi.
Tadbirda ikki mamlakatning 100 dan ortiq yetakchi sanoat va savdo korxonalari rahbarlari va vakillari qatnashdi.
-
O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi
2025-05-22 290Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri Robert Golob Qo‘shma bayonot imzoladilar.