-
O‘zbekiston va Finlyandiya: texnologiyalar va ishonch asosidagi iqtisodiy hamkorlik
2025-10-27 130O‘zbekiston - Finlyandiya munosabatlarining tarixi 1990-yillarning boshlariga borib taqaladi. Finlyandiya 1991-yil 30-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan. Oradan ikki oy o‘tib, 1992-yil 26-fevralda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shu tariqa o‘zaro hurmat, ishonch va texnologik taraqqiyotga intilishga asoslangan hamkorlikning yangi sahifasi ochilgan.
-
O‘zbekiston va Serbiya: o‘zaro yaqinlashuv dinamikasi va hamkorlikning yangi ufqlari
2025-10-27 114O‘zbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1995-yil 18-yanvarda o‘rnatilgan bo‘lib, Belgrad O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil oxiridayoq tan olgan edi. Bu fakt ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotning bosqichma-bosqich rivojlanishiga zamin yaratdi. Geografik uzoqlikka qaramay, bu aloqalar o‘zaro hurmat, suverenitetni qo‘llab-quvvatlash va ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga asoslangan.
-
O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi
2025-10-24 11724-oktabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
-
O‘zbekiston Prezidenti Yevropa ishbilarmonlarini o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi
2025-10-24 280O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
-
Oʻzbekiston va YUNESKO: taʼlim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning yangi bosqichi
2025-10-23 312Bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro maydonda taʼlim, fan, madaniyat va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirar ekan, bu jarayonda YUNESKO bilan munosabatlar alohida oʻrin tutadi. Mamlakatimiz 1993-yilda YUNESKOga aʼzo boʻlgan boʻlib, bu qadam milliy taʼlim tizimi, ilmiy salohiyat va madaniy merosni dunyo hamjamiyati bilan uygʻunlashtirish yoʻlida muhim tarixi bosqich boʻldi.
-
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi: iqtisodiy integratsiyaning yangi bosqichi sari qadam
2025-10-23 53624-oktyabr kuni Bryusselda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim - ikki tomonlama munosabatlar tarixida tub burilish yasagan hujjat imzolanadi. Toshkent uchun bu nafaqat diplomatik muvaffaqiyat, balki iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, mamlakatning Yevropa va global makondagi mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
-
Toshkent-Bryussel: Yevropa Ittifoqi bilan strategik hamkorlikning yangi bosqichi
2025-10-23 780Belgiya va Yevropa Ittifoqi poytaxti – Bryussel umumevropa siyosati va iqtisodiy kun tartibini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Bryussel nafaqat Yevropaning siyosiy markazi, balki yetakchi xalqaro tashkilotlar, diplomatik missiyalar va moliyaviy institutlar manfaatlari kesishadigan nuqtadir. Aynan shu yerda YEI rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari va tashqi hamkorlar bilan aloqalarini belgilovchi qarorlar qabul qilinadi.
-
O‘zbekiston-Finlyandiya hamkorligi: hamkorlikning yangi dinamikasi va amaliy yo‘nalishlari
2025-10-22 420Finlyandiya modelining barqarorligi va O‘zbekistondagi islohotlar dinamikasi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Finlyandiya texnologik yetakchilik, samarali boshqaruv va rivojlangan ijtimoiy siyosatni birlashtiradi.
-
O‘zbekistonning Belgiya vektori
2025-10-21 117Oktyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiya Qirolligiga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning sifat jihatidan yangi darajasini belgilab beruvchi muhim qarorlar qabul qilinishi, xususan, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.
-
Oʻzbekiston va Belgiya: “yashil” hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar
2025-10-20 242Oʻzbekiston xalqaro ekologik hamkorlikni faol rivojlantirishda davom etmoqda. Bu borada mamlakat tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va atrof-muhitni muhofaza qilishning barqaror yechimlarini izlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Belgiya oqilona tabiiy resurslardan foydalanish va “yashil” innovatsiyalar sohasida katta tajribaga ega istiqbolli hamkor sifatida koʻrilmoqda.