Tailanddagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi axboroti

Tailanddagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi axboroti
2025-yil 26-fevral
Myanmadagi internet firibgarlik markazlaridan qutqarilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha
2025-yil 26-fevral kuni Tailandning ommaviy axborot vositalarida Myanmadagi xalqaro internet firibgarlik markazlaridan (Scam centres)
qutqarilgan minglab xorijiy fuqarolar haqida xabarlar e'lon qilindi. Ushbu shaxslar hozirda Tailand hududida o‘z vatanlariga qaytarilishlarini uchun kutishmoqda.
Qutqarilgan shaxslar orasida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham mavjudligini ma'lum qilindi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi hozirda Tailand hukumatining mahalliy idoralari bilan aloqada bo‘lib, ushbu holatga aloqador bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsini aniqlash jarayonini olib bormoqda. Shuningdek, fuqarolarimizga konsullik yordam ko‘rsatish va ularning O‘zbekistonga xavfsiz qaytarilishini tashkil etish uchun tegishli organlar bilan hamkorlik qilmoqda.
Bosh konsulxona jarayonni muvofiqlashtirishni davom ettirmoqda va fuqarolarimizni vataniga qaytarish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rmoqda.
Zaruratga ko'ra, Bosh konsulxonaga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz:
Tailanddagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi
Manzil: 83/4 Soi Withayu 1, Wireless rd., Lumpini, Pathumwan, Bangkok 10330
Tel: +6626753995
Facebook: https://www.facebook.com/uzconbangkok,
Instagram: www.instagram.com/uzconbangkok/.
El.pochta: th.uzconsulate@mfa.uz, uzbconsulate.bkk@gmail.com
Website: http://bangkok.mfa.uz