Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga diqqatiga.

Tailand Qirolligi Hukumati qaroriga muvofiq, 2026-yil 15-sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun mamlakatga kirishdagi vizasiz tartib bekor qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Tailand Qirolligiga tashrif buyurish uchun oldindan Tailand Qirolligining rasmiy elektron viza portali (https://www.thaievisa.go.th) orqali elektron viza anketasini toʻldirgan holda kirish vizasini rasmiylashtirishlari lozim.
Elektron viza anketasini toʻldirgandan soʻng, fuqaro viza uchun toʻlovni Tailand Qirolligining Rossiya Federatsiyasidagi Moskva shahrida joylashgan Elchixonasiga tashrif buyurgan holda amalga oshirishi lozim.